So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  1 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

PFL "Nasaf"ning futbolchini ijaraga berish masalasidagi taklifini qabul qilmadi Yangiliklar

PFL "Nasaf"ning futbolchini ijaraga berish masalasidagi taklifini qabul qilmadi

"Nasaf" klubi "Superliga va Pro liga reglamenti"ning 14.13-bandiga o'zgartirish kiritish taklifi bilan chiqqan bo'lib, bunda malum klubning boshqa bir klubga ijaraga berishi mumkin bo'lgan futbolchilari sonini uch va undan ko'proq qilish so'ralgan.

Reglamentda esa mazkur masala ikki kishilik holat bilan tartibga solingan. 

"O'z vaqtida poytaxt klublari keragidan ko'p futbolchi bilan shartnoma imzolab, asosiy tarkibning mavsum uchun qaydnomasiga kira olmagan futbolchilarini boshqa klublarga ijara bergan va o'zaro o'yinlarda raqib jamoaning tarkib tanlashi masalasiga bevosita tasir ko'rsatishga uringan. Ayniqsa, bir klubning boshqa bir klubga 7-8 nafar futbolchini ijaraga berishi Ligani shubhalantirgan o'yinlar sonining oshishiga olib kelgan. 

SHundan kelib chiqib, Liga mazkur masalani ikki usul bilan tartibga solgan. Yani, klub bir mavsum uchun 45 nafargacha futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Bunda 2002 yildan katta futbolchilar soni 23 nafardan oshmasligi shart. SHuningdek, klubda 2006 yil va undan keyin tug'ilgan qator iqtidorlar bo'lsa, ular limitdan tashqari ro'yxatga kiritilishi mumkin. Biroq bunda ro'yxatdan o'tgan futbolchilar soni umumiy 60 nafardan oshib ketmasligi lozim. Yosh iqtidorlari yanada ko'proq klubga Liga talablarini bajarish shartida o'z farm jamoasini tashkil etish imkoniyati ham berilgan. 

Tartibotning ikkinchi qismida esa biror klub o'zi bilan bir ligada harakat qilayotgan istalgan klubga 2 nafardan ortiq futbolchini ijaraga bera olmasligi qayd etilgan. SHuningdek, malum bir klubning shu musobaqada ishtirok etayotgan ko'plab klublarga tasirini kamaytirish maqsadida shu klubning ijaraga berishi mumkin bo'lgan futbolchilarining umumiy soniga nisbatan cheklov kiritilgan — 6 nafargacha. 

Masalaning boshqa tomonida esa klub o'zga ligadagi klublarga istalgancha futbolchi berishi uchun yo'l ochilgan. SHuningdek, yosh iqtidorlarga sharoit yaratish maqsadida ijaraga berilayotgan futbolchi 2003 yil va undan kichik bo'lsa, klub yuqorida qayd etilgan 6 nafarlik cheklovdan tashqari ham futbolchilarini ijaraga berishi mumkin ekanligi ko'rsatilgan.

SHularni inobatga olgan holda Liga Nasaf taklifini qabul qilmadi. Klublardagi sharoit, homiy tashkilotlar tasdiqlayotgan smeta, klublarning o'zaro munosabatlari Ligaga yaxshi malum. Musobaqa nisbatan murosasiz va sog'lom raqobatda o'tishi Liga uchun juda muhim hisoblanadi", – deyiladi bayonotda.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика