O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi "Ordabasi" bilan xayrlashdi
13 jan 2025 11:39
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi "Ordabasi" bilan xayrlashdi
"Ordabasi"ning o'zbekistonlik yarim himoyachisi SHahboz Umarov CHimkent klubini tark etdi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Sevimli jamoam bilan xayrlashish vaqti keldi. Ushbu uch yil davomida menga yordam bergan, qo'llab-quvvatlagan va men uchun jon kuydirgan barchaga rahmat aytmoqchiman. Jamoa muxlislariga katta rahmat, siz meni yaqiningiz kabi qabul qildingiz va jamoani har doim, hatto mag'lubiyatlar bo'lsa ham qo'llab-quvvatladingiz. Har doim biz bilan bo'lganingiz uchun tashakkur. Hammaga rahmat, yana ko'rishamiz", – dedi Umarov.
SHahboz Umarov "Ordabasi"da 2022 yildan buyon o'ynab kelayotgandi. Jamoa safida umumiy 77 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan hamda 7 ta golli pas uzatgan. 2024 yilgi mavsum Qozog'iston Premer-ligasida 21 o'yinda qatnashib, 2 ta to'p kirtdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
23:31
Turdimurodov, Ibragimov, Esanov – milliy jamoaga nomzod futbolchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda 0
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar