So’nggi yangiliklar

15:00Суперлигада қолиш учун ўйин. "Бухоро" - "Хоразм" 0:0 (онлайн натижа)  1 14:55Ротен ЖЧдаги 3 дақиқалик танаффуслар ҳақида: "Футбол – бу бейсбол ёки баскетбол эмас, улар спортимизни ўлдирмоқда"  1 14:25Суперлигада қолиш учун плей-офф. Улар нега бу ерда?  3 13:40Гвардиола "Реал" билан ўйин ҳақида: "Менга "қасос" сўзи ёқмайди. Бу "Ман Сити" учун яхши синов. Агар Мбаппе бўлмаса, Винисиус ёки Родриго бор"  0 13:13"Реал" ва "Барселона" собиқ футболчиси энди Қирғизистон миллий терма жамоасини бошқаради  5 13:00Transfermarkt ва Championat.asia 2025 йилнинг энг яхшиларини аниқлашди   7 12:30"Челси" "Барса" устидан қозонилган 3:0 ҳисобидаги ғалабадан сўнг кетма-кет 4 та ўйинда ғалаба қозона олмади  10 11:48TVCOM'да бугунги тақвим: Ўтиш ўйини, Ҳусанов “Сити” билан Мадридда ва бошқалар  0 11:30Слот Салоҳ билан юзага келган зиддият ҳақида: "Ҳаётда ҳамма хато қилади, аммо ўйинчи хато қилганини тушуняптими? Ташаббус ундан чиқиши керакми ёки мендан?"  2 11:15“Fair-play”ни “Машъал”га беринглар  11 10:46Германия МТЖ аъзоси келажаги борасида бир қарорга келди  1 10:15Европанинг ТОП клуби Рамосга таклиф юборди  4 09:46Кейннинг "Бавария"даги келажаги маълум  0 09:20Флик жамоасининг Чемпионлар Лигасидаги ғалабасига муносабат билдирди  3 08:52Месси навбатдаги совринига эга чиқди  19

APLdagilar kosmosdan tushmagan yoxud uni "Manchester Siti"da nima kutmoqda? Husanovning sarguzashtlari o'zbekistonlik murabbiylar nigohida Yangiliklar

APLdagilar kosmosdan tushmagan yoxud uni "Manchester Siti"da nima kutmoqda? Husanovning sarguzashtlari o'zbekistonlik murabbiylar nigohida

Abduqodir Husanovning Evropadagi ajoyib o'yinlari barchaning diqqat markazid bo'lib turibdi.

Xususan, futbolchimizning "Manchester Siti"ga yo'l olishiga xorij ommaviy axborot vositalari, mutaxassislar munosabatlarini bildirmoqda. Biz ham bu borada o'zimizning mahalliy murabbiylarimizning fikrlariga quloq tutdik. 



Xayrulla Karimov (OKMK fitness murabbiyi, O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi) - To'g'risi bundan juda xursand bo'ldim. Abduqodirni o'yinlarini anchadan buyon kuzatib kelaman. APLda o'z o'yinlarini ko'rsatib ketishiga tilakdoshman. Uning salohiyati juda yuqori. Gvardiola dunyoning eng zo'r murabbiyi. Bunday murabbiyning qo'liga tushishning o'zi katta baxt. "Manchester Siti" yanada o'sishi uchun yaxshi imkoniyat deb o'ylayman. Ular ham o'zimizga o'xshagan odamlar, kosmosdan tushib qolmagan. SHu bois bu erda ortiqcha bosim, havotirni o'ylashga hojat yo'q. Inson qilgan ishni inson qila oladi. Yangi chempionatga tezda ko'nikib ketadi va o'z odobi bilan ko'p narsaga erishadi. Istardimki, bu ish yanada xayrli bo'lib O'zbekistondan ko'plab futbolchilar kuchli chempionatlarda to'p tepishsin. 

Server Jeparov (O'zbekiston terma jamoasi sobiq sardori) - Abduqodir o'z mehnati bilan jahonning eng buyuk jamoasiga borishga munosib edi. Bu o'zbek futboli tarixidagi APL tomon ilk o'tish hisoblanadi. Tabiiyki, uni bu yo'lda tayyorlagan barchaga rahmat aytishimiz kerak. Nima ham derdim mamlakatimiz futboli uchun bu katta tashlangan qadam. Omadini bersin deb qolaman. 



Timur Kapadze (O'zbekiston MTJ, OTJ sobiq murabbiyi) - Abduqodir Husanov uchun hammamiz xursandmiz va "Manchester Siti" libosida ko'rishni intiqlik bilan kutmoqdamiz. O'zimizning o'zbek yigitining grand jamoaga, top murabbiy qo'liga borayotgani yoqimli. Bunday jamoalar o'z-o'zidan futbolchi olmaydi. Har tomonlama kuzatishadi. Futbolchimizni yuqori baholayotgani ham ko'p narsadan darak berib turibdi. O'ylaymanki, bu o'tish bizning futbolimiz uchun katta plyus. Boz ustiga APLda o'ynaydi. Husanovda kuch, mahorat, yosh hamma narsasi bor. U yana o'sadigan bola. Unga dunyoning eng yaxshi himoyachisi bo'lishini tilayman. 

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика