Viktor Kumikov: "Ikki xil bo'lim guvohiga aylandik"
07 avg 2021 23:13
Yangiliklar
Viktor Kumikov: "Ikki xil bo'lim guvohiga aylandik"
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan so'ng andijonliklar bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ikki xil bo'lim guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limdagi vazifa bajarildi. Ikkinchi bo'limda esa o'xshagani yo'q. Natija qaysidir manoda o'yinni olib qarganda qoniqarli, deya olaman. Bitta xato golga olib keldi. O'sha vaziyatda futbolchilar diqqatni yo'qotishdi. Biz bu o'yindan ko'p narsa kutayotgandik. G'alaba qozonishni maqsad qilgan edik. Birinchi bo'limda ikkinchisiga qaraganda yaxshiroq to'p tepdik, deya olaman. Raqib imkoniyat berdimi gollar urib olish kerak. Belarsu chempionatidan kelgan futbolchilar bunday issiq havoda to'p tepmagan. Ular moslashishi kerak. Yangi kelgan futbolchilar ayrimlari tayyor emas",- deydi Viktor Kumikov.
Fikrlar