So’nggi yangiliklar

09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  0 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  0 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  2 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5

Viktor Jalilov: “Nafaqat bronza, balki kumush medallari uchun ham imkoniyatimiz bor” Yangiliklar

Viktor Jalilov: “Nafaqat bronza, balki kumush medallari uchun ham imkoniyatimiz bor”

Superliganing 16-turidan o'rin olgan “Nasaf” – “Navbahor” (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlarini bildirib o'tdi.





"SHiddatli, kurashlarga boy va teng o'yin bo'ldi. “Nasaf” har ikki bo'limda bir nechta xavfli vaziyatlarni yaratdi, lekin ulardan foydalana olmadi. Albatta, darvozabonimiz murakkab holatlarda jamoamizni qutqardi. Ikkinchi bo'limda zaxiradan futbolchilarni maydonga tushirish orqali o'yinimizni kuchaytirdik. Qizil kartochka ham ishimizni engillashtirdi. O'sha vaziyatdan keyin o'yinni nazorat qildik. Va albatta, almashtirishlarni omadli tarzda amalga oshirdik, kuchga to'la futbolchi maydonga tushib, gol urdi. “Nasaf”dagi charchoq alomatlari ham o'z so'zini aytdi, shekilli. Aytganimdek, yangi qo'shilgan kuchlar o'yinni hal qildi", - dedi Viktor Jalilov.

- Avvalgi o'yindan keyin legionerlarni tanqid qilgandingiz. Bugun esa ulardan biri gol urdi. Sizningcha, tanqid ularga tasir qildimi?

- Gap bizning tanbeh berishimiz yoki tanqid qilishimizda emas. Keyinchalik xotirjam tarzda gaplashib oldik, vaziyatni tushuntirdik. Kosta o'sha o'yindan keyin jarohat olgani sababli so'nggi ikkita mashg'ulotda qatnashgandi, xolos. Aftidan, hordiq unga ijobiy tasir qilgan, shekilli, zaxiradan o'yinga qo'shilib, bor kuchini sarfladi. Umuman olganda, ha, tanqidlar ham foyda beradi, albatta.

- FIFAning qarori hal qilindimi?

- Bu klubning ishi. Mazkur masalada bir qancha sabablar bor. Meni ortda qolgan ishlardan xabarim yo'q. 

- Ayni paytda klubning siz va futbolchilardan qarzdorligi yo'qmi?

- Men murabbiyman, buxgalter emas. Futbol borgan sari proffesionallashib bormoqda. Bu borada muammo yo'q. Namangan viloyati hokimi “Navbahor” uchun astoydil qayg'uradi, asosiy jamoadan tortib, yoshlargacha etibor qaratmoqda, har taraflama qo'llab-quvvatlamoqda. Hozir klubda yo'lga qo'yilgan tizim bosqichma-bosqich samara keltirishiga ishonaman. Nafaqat “Navbahor”, umuman, viloyatda bolalar-o'smirlar futboli rivoji yo'lida o'ziga yarasha poydevor qo'yilgan.

- “Navbahor”ning bronza medallarini qo'lga kiritish borasidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Nafaqat bronza, balki kumush medallar uchun ham imkoniyat bor. Turnir jadvalidagi jamoalar to'plagan ochkolarga qarasangiz, farq katta emasligini ko'rishingiz mumkin. Ketma-ket ikki o'yinda g'alaba qozonganimiz uchun 4-o'rindagi jamoa bilan farqni sezilarli kamaytirishga erishdik. Men uchun asosiysi, jamoa o'yini sifatli bo'lsin, shundagina natijalarimiz yaxshilanaveradi.

- Samvel Babayanning ham jamoaga yordami tegyaptimi?

- Albatta. U bilan birinchi marta birga ishlayotganim yo'q. Natijalar va jamoaning o'yini ham uning yordami tegayotganini ko'rsatib turibdi, ijobiy o'zgarishlar bor, “Navbahor” oldinga qadam tashlamoqda.

- Mutaxassis sifatida ayting-chi, bugun “Nasaf”ga g'alaba qozonish uchun nima etishmadi?

- Omad etishmadi. Qolaversa, O'tkir Yusupov bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi. Va albatta, qisqa muddatda ketma-ket o'yin o'tkazishgani uchun biroz charchoq ham pand berdi, deb o'ylayman.

- “Navbahor” futbolchilari bugun juda qo'pol o'ynadi. Bu murabbiyning ko'rsatmasimi yoki o'yindan kelib chiqib shunday yo'l tutishdimi?

- Futbol hozir kontaktlarga boy bo'lmoqda. Hech kim ataylab qo'pollik ishlatmaydi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика