So’nggi yangiliklar

21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  16 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  5 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  5 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  1 18:04Қўқонда йирик ғалабага эришган мураббий, дубль қайд этган ҳужумчи, дербида дуранг ўйнаган посбон — Суперлигада 12-турнинг энг яхшилари  2 17:32Кафу: "Гаттузо – мукаммал танлов"  3 17:04Мбаппе Испания ғазнасига 14,5 млн евро туширади  2 16:38"Арсенал" иқтидорли футболчиси билан шартномани узайтиришга жиддий киришган  1 16:11Transfermarkt: Мозговой Неъматовга етиб олди, Сергеевнинг нархи 1 миллион бўлди   7 16:03"Насаф" Қаршида "Навбаҳор" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Тошкент вилоятида йиғинга киришди  4

Viktor Jalilov: “Bizga ikkita yaqqol penaltini berishmadi. Hakamlik ustidan shikoyat yozishimiz kerak” Yangiliklar

Viktor Jalilov: “Bizga ikkita yaqqol penaltini berishmadi. Hakamlik ustidan shikoyat yozishimiz kerak”

Coca Cola Superliga 14-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Navbahor” (1:0) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Jalilov uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Har ikki jamoa uchun og'ir o'yin bo'ldi. Keskin kurashlarni ko'rdik. Odatda, bunday bahslarda yagona xato va birgina gol uchrashuv taqdirini hal qiladi. Tashabbus qaysidir jamoa tomonida bo'ldi deyolmayman. Jizzaxliklar gol urgach, himoyadan o'yin tashkil etishga urinishdi, biz esa hujumda imkoniyatlarimizdan foydalanishga harakat qildik. VAR'ning nima uchun qo'llanayotganini tushunmadik, yaqqol ikkita penalti bor edi. Birinchi bo'limda futbolchimiz jarima maydonchasi ichida to'p bilan bo'lib turganda, uning oyog'ini bosib olishdi. Ikkinchi bo'limda futbolchimiz bo'sh darvozaga to'pni yo'llaganda, himoyachi to'pni qo'li yordamida to'sib qoldi, bu vaziyatda penalti va kartochka ko'rsatilishi kerak edi. Lekin bu vaziyatni umuman ko'rib chiqishmadi, tushunmadik, unda VAR'ning nima keragi bor? Videoyozuvlarni ko'rib chiqdik, muhokama qilish kerak.

Umuman olganda, Azim Ahmedovning jarohati sabab almashtirishga qo'l urishga majbur bo'ldik. O'yin borasida futbolchilarimizga etirozim yo'q, barchalari natijaga erishish uchun borlarini berib harakat qilishdi. Nima ham derdik, bunday raqibga qarshi yanada yaxshiroq o'ynash kerak. Afsuski, “So'g'diyona” bu mavsum biz uchun eng noqulay raqib bo'ldi. Lekin jamoamiz Jizzax jamoasidan yomon o'ynamadi va mag'lubiyatga loyiq emasdi, - deydi Jalilov.

- Hakamlik bo'yicha etiroz bildirdingiz. “Navbahor” o'yindan keyin hakamlik borasida etiroz yozadimi?
-
Bizning foydamizga ikkita yaqqol penalti belgilanmaganini inobatga olsak, bu borada munosabatimizni bildirishimiz kerak. To'p darvozaga kirib ketayotganida qo'l bilan qayratilsa penalti belgilanadi.

- Ikkinchi bo'limda “Navbahor” ikki-uchta yaqqol xavfli vaziyatlarda gol urolmadi. Bunga sabab hujumchilarning salohiyati etishmasligimi yoki omadsizlikmi?
- Bugungi o'yinda hujumchimiz Ibrohim G'anixonov mazasi yo'qligi uchun qatnasholmadi. O'rinboev ham uchrashuv davomida boshidan jarohat oldi va miyasi chayqaldi. SHu bois, hujumdagi salohiyatimiz biroz pasaydi. SHunga qaramay, bir nechta golli vaziyatlarni yaratdik. Balki, omad ham kelmagandir. Va albatta, raqibning ham yaxshi himoyalanganini aytish joiz.

- Mavsum boshida jamoa chempionlikni maqsad qilgandi. Hozir esa turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. OCHL yo'llanmasi o'rni bilan 10 ochkolik farq bor. Agar vaziyatga real qarasak hozir vazifa qanday?

- Vazifa turnir jadvalidagi vaziyat va jamoaning holatiga qarab belgilanadi. Avvalgi maqsadimizni hech kim o'zgartirgani yo'q. Oldinda ikkinchi davra o'yinlari bor, bugun davraning birinchi uchrashuvini o'tkazdik. Ko'ryapmiz, boshqa jamoalar ham ochko yo'qotishmoqda. Masalan, "Qizilqum" ham autsayder bilan ochkolarni yo'qotdi, boshqalar ham shunday. Ochkolar farqi katta emas, taslim bo'lmaymiz, astoydil kurashamiz va o'z ochkolarimizga ega bo'lamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика