So’nggi yangiliklar

12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  0 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  3 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  0 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3 09:38“Рома“ уч нафар футболчини 30 июнга қадар сотиши шарт  7 09:11ЦСКАнинг янги бош мураббийи мамлакатида қамалиши мумкин  0 08:43"Пахтакор" Тошкентда "Қўқон-1912"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 08:25КЖЧ. "Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0, Гюндогандан дубль  1 08:15Sofascore. Ҳусанов бугунги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:50Ўзбек футболчи учун тарихий кунда "Манчестер Сити" "Ал Айн"ни жуда йирик ҳисобда мағлуб этди  24 07:40Суперлига. "Пахтакор" "Қўқон-1912" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан"да эса камбек  0 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  7 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  3 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2

Venesuela bosh murabbiyi Freddi Migel Gonsales: "O'zbekistondan taklif tushgach o'ylab o'tirmasdan rozilik berdim" Yangiliklar

Venesuela bosh murabbiyi Freddi Migel Gonsales: "O'zbekistondan taklif tushgach o'ylab o'tirmasdan rozilik berdim"

Xabaringiz bor, O'zbekiston futzal terma jamoasi ertaga Toshkentda Venesuelaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.

SHu munosabat bilan bugun O'FA anjumanlar zalida ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda dastlab Venesuela terma jamoasi bosh murabbiyi Freddi Migel Gonsales va futzalchi Rafael Morilo jurnalistlarning savollariga javob qaytardi. 

"Barchaga xayrli kun. Birinchi o'rinda O'FA mutasaddilariga taklif uchun rahmat aytaman. Toshkentda kuchli futzalchilarga qarshi o'ynash biz uchun katta sharaf. Ertaga barchaga qiziqarli bo'lgan uchrashuv guvohiga aylanamiz",- deydi Freddi Migel Gonsales. 

"Ushbu ikkita o'rtoqlik uchrashuvi bizga Jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. O'ylaymanki foydali bo'ladi. Muxlislar uchun ham bu o'yin qiziqarli, deb o'ylayman. Ertaga kuchli jamoa g'alabani qo'lga kiritishi tarafdoriman",- deydi Rafael Morilo. 


- O'zbekiston futzal terma jamoasi haqida qanchalik malumotga egasiz?

- Malumotlarga egamiz. Raqib safida yuqori texnikali va tezkor o'yinchilar bor. O'zbekistonning Argentina bilan o'yinni ko'rib o'rgandik. Ikkita uchrashuvda murabbiyning o'z imzosi va uslubi bilinib turdi. O'zining yorqin o'yini bilan ajralib turdi. Bahodir Ahmedov Xose Mariya Mendesdan so'ng munosib tarzda ishni davom ettirmoqda. Tarkibdagi o'zgarishlarga qaramasdan uslub o'zgarmagan. Futzalchilarga kelsak masalan Rustam Umarov katta tajribaga ega. Bizni qiyin va qiziqarli o'yin kutmoqda.

- O'zbekistonning taklifini qabul qilishingizga nima turtki bo'ldi?

-  2016 yilgi Jahon chempionatida O'zbekiston menda juda yaxshi taassurot qoldirgandi. SHaxsan o'zim ularning o'yinlarini joyidan turib kuzatganman. Mezbon Kolumbiya bilan juda yaxshi o'ynagan, faqat so'nggi daqiqalarda omad etishmagandi. SHu bois o'ylab o'tirmasdan bu taklifni qabul qildim.  

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика