So’nggi yangiliklar

00:50"Зенит" ўртоқлик ўйинида Иордания термасини мағлуб қилди  0 00:15Руди Гарсия Бельгия термасининг муҳим футболчиларини қайтармоқчи  0 23:50Слот "Лилль"га қарши ўйин ҳақида: "Отам доим ҳам мен томонда бўлмайди"  1 23:28Неймар собиқ жамоасига қайтишга яқин  4 23:07"Локомотив" Туркияда "Уфа"га қарши ўйнайди  0 22:51"Сўғдиёна" БААда "Ростов"га йирик ҳисобда ютқазди  6 22:16"Бетис" Антони маошининг катта қисмини тўлайди  1 21:54"Пахтакор" назорат ўйинида Сербия жамоасига мағлуб бўлди  9 21:39Футзал. Мавсумнинг энг яхшилари тақдирланди  0 21:24"Нефтчи" Туркиядаги бешинчи ўртоқлик ўйинида тўртинчи марта дуранг ўйнади  8 21:09Расман: Ойбек Бозоров шартномани узайтирди  3 20:53Аморим "Манчестер Юнайтед"дан хафа бўлди  7 20:29"Бавария" ҳимоячиси сафдан чиқди  0 19:58Футзал бўйича Олий лига. БМБ "Насаф"га 7 та гол урди (+ якуний мусобақа жадвали, рамзий жамоа)  1 19:34Сульшер "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини "Бешиктош"да кўрмоқчи  0

“Vebster ishi” va futbolchilar huquqi Yangiliklar

“Vebster ishi” va futbolchilar huquqi

SHotlandiyalik Endi Vebster futbolchi sifatida katta muvaffaqiyatga erishmagan. Lekin uning nomi ham Mark Bosman singari o'yinchilarning huquqini himoya qilishda katta o'zgarishga sabab bo'lgan.
U futbolchilar ichida birinchi bo'lib transferini klubidan sotib olib, faoliyatini boshqa jamoa tarkibida davom ettirish huquqini qo'lga kiritgan. SHu tariqa “Vebster ishi” futbol tarixida yangi sahifa ochgan.

Biz futbolchilar va ishqibozlarga o'yinchilarning huquqlari haqida malumotlar berib borishni avvalgi sonlarimizda takidlagandik. Bu safar shartnomalarni bekor qilish mumkin bo'lgan vaziyatlarga to'xtalib o'tamiz.

1997 yil Bosman ishi ro'y bergach, 2001 yil FIFA o'yinchilar o'tishi va holati bo'yicha reglamentni qabul qilgan. Biroq unda ham shartnomani hurmat qilish, unga amal qilish birinchi raqamli mohiyat bo'lib qolgandi. Klub va futbolchi o'rtasida kelishmoqchilik kelib chiqqan taqdirda turli ayyorliklar yuzaga kelardi. Klub futbolchini istamasligi yoki o'yinchining atayin jarohat olgandek tutishi kabi holatlar ko'payib ketgandi. Lekin mavjud bo'lgan 17-modda yordamida har qanday shartnomani futbolchi uchun yomon oqibatlarga olib kelmaydigan qilib bekor qilsa bo'ladi. Agar shartnomada tovon puli ko'rsatilmagan bo'lsa, o'sha shartnomani tuzilganidan 3 yil o'tgandan keyin bekor qilish mumkin. Bunda shartnoma tuzilgunga qadar futbolchi 28 yoshga to'lmagan bo'lishi lozim. 28 yoshga to'lgan taqdirda esa oradan 2 yil o'tib, o'sha tuzilgan shartnomadan qutulsa bo'ladi. Tovon puli ko'rsatilgan taqdirda esa istalgan vaqtda o'sha pulni to'lab, shartnomadan voz kechish imkoniyati bor. Biroq barcha futbolchilar ham bu qoidalardan xabardor emas. SHu sababli bizda ko'pincha klub va o'yinchi o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqadi. O'yinchilarning aksariyati huquq va majburiyatlarini bilmaydi, shartnomada qanday bandlar ko'rsatilganidan xabardor emas. Keyin klublar istagan ishini qilishlari mumkin. Yana bir muhim qoida: futbolchi jamoasida rasmiy uchrashuvlarda 10 foizdan kamroq bellashuvlarda qatnashgan bo'lsa ham shartnomani bekor qildirish imkoniyatiga ega. Faqat darvozabonlarga bu qoida taalluqli emas.

O'z navbatida klublar bunga qarshi bazi choralarni o'ylab qo'yishgan. Aytaylik, 5 yillik shartnomaning umumiy miqdori 10 million dollar etib belgilanadi. Dastlabki 3 yilda klub 1 milliondan, oxirgi 2 yil uchun 3,5 milliondan to'laydi. SHunda futbolchi 3 yildan keyin uni bekor qilish haqida o'ylamaydi. Yana bir o'ta muhim holatni eslatib o'tamiz. Futbolchining bir jamoadan ikkinchisiga ko'chib o'tishida birinchi navbatda FIFAning transferlar uchun ishlab chiqqan qoidasi amalda bo'ladi. SHartnoma tuzish bandlari ham shunday. Bunda birlamchi qonun FIFA qoidalari hisoblanadi. Undan keyin mamlakat mehnat qonunlari ishga kiradi. Agar shartnoma bandi bo'yicha birinchi kelishmovchilik aniqlansa va bu FIFA reglamentida bo'lmasa, unday holda ishni baribir FIFA maxsus qo'mitasi ko'rib chiqadi. Klublar va futbolchilar o'rtasidagi kelishmovchilik FIFA bajaradigan ish hajmining katta qismini tashkil etadi. Bir vaqtning o'zida minglab shunday ishlar ko'rib chiqiladi. Jarayonlar yillab davom etishi mumkin. Masalan, braziliyalik Matuzalemning ishi haligacha “SHaxtyor” va “Saragosa” o'rtasida yakun topmagan. Har bir keltirilgan yangi faktdan keyin FIFA ishni qaytadan krib chiqadi va shunga yarasha qaror qabul qiladi.

Endi Vebster 2006 yil “Xarts”dan “Uigan” safiga ko'chib o'tish uchun shunday imkoniyatdan foydalangan. Yani, shartnomasini bekor qildirib, transfer pulini o'zi to'lagan. Vebster ingliz jamoasiga o'tganda undan buning uchun 635 ming funt to'lashni talab qilishgan. Biroq bu summa ancha kamaytirilgan. CHunki “Xarts” xo'jayini Romanov futbolchini yangi shartnomaga qo'l qo'ydirish uchun majburan zaxirada ushlab turishga buyruq bergan. SHunga qaramay, Vebster muntazam ravishda terma jamoasiga jalb qilingan. O'sha ishni yutib chiqishda ushbu faktor muhim rol o'ynagan. Oxir-oqibat Vebster faqat shartnomaning qolgan qismi uchun maoshini to'lab, “Xarts”dan ketish imkoniyatiga ega bo'lgan. O'shanda hamma klublar tamom bo'lganini aytib o'tgandi. Lekin bunday bo'lmaydi. Lekin o'shandan so'ng bu moddadan foydalanish ommaviy tus oldi. Argentinalik Ariel Ortega “Fenerbaxche”ga ko'chib o'tgach, oradan 4 oy o'tib, Turkiyada qolishni istamagan. Natijada u transfer summasi 11 million dollarni to'lab, uni bekor qildirgan. Biroq futbolchilar hamisha bu qoidadan yutavermaydi. CHunki jamoani o'z xohishiga ko'ra tark etgan deb topilgan taqdirda o'yinchi 4 oyga diskvalifikaciya qilinadi. Klublar futbolchini o'ziga kerak deb hisoblagan holatda hech qachon o'yinchining ketishiga shunchaki qarab o'tirishmaydi. Ular futbolchi ketish uchun ataylab saviyasidan past darajada o'yin ko'rsata boshlagani, murabbiylar shtabi qarorlariga qarshi chiqqani va boshqa faktlarni qatorlashtirib tashlash imkoniyatiga egalar. Bunday vaziyatda futbolchi yoki uning yangi jamoasi malum miqdorda pul to'lab, futbolchi 4 oydik diskvalifikaciya oladi. Matuzalem ishi bo'yicha chiqarilgan oxirgi qaror klub va futbolchiga “SHaxtyor”ga bir necha million dollarni to'lash haqida bo'ldi. CHunki Matuzalem Doneckni o'z xohishi bilan tark etgan, bu paytda “Lacio” salmoqli summa evaziga yarim himoyachini qo'lga kiritishni xohlagandi. O'shanda aniq miqdordagi puldan quruq qolib ketganini isbotlay olgan “SHaxtyor” bugungi kunda 12 million dollarlik to'lanmagan mablag'ga ega. Bu pulni “Saragosa” hamda Matuzalem o'rtada to'lab berishlari lozim.

SHartnomani bekor qilish mumkin bo'lgan yana bir holat klubning o'z majburiyatlarini bajarmasligidir. Vaqtida maosh bermaslik, futbolchilarga etarli sharoit yaratib bermasdik shular qatoriga kiradi. Bularning barchasi shartnomada ko'rsatilgan bo'ladi. Aytaylik, futbolchi 5 oylik maoshini vaqtida olmagani to'g'risida ariza bersa va uning arizasi to'g'ri deb topilsa, unda futbolchiga pullarni to'lab qo'yish shart. Aks holda, shu vaziyatning o'zi shartnomani bekor qilishga asos bo'la oladi.

Bizning futbolda hali bunday etiborni tortadigan holatlar yuzaga kelmagan. SHuning uchun o'quvchilarimizga shartnomani biz sanab o'tgan qoidalar asosida bekor qilish qandaydir g'alati ko'rinishi mumkin. Lekin ularning barchasi amalda. Futbolchilar bundan unumli foydalangan holatlar ko'p uchragan. O'z navbatida klublarda ham imkoniyatlar qoladi. Masalan, shartnoma bandiga qo'shimcha tarzda milliy qonunda FIFA reglamentiga zid kelmaydigan shartni yozish mumkin. Bunda jamoa o'z huquqini himoya qilishda yordam beradigan malum vaziyatni ko'zda tutadi. “Vebster qoidasi”dan nafaqat futbolchi, balki murabbiylar ham foydalanishlari mumkin. Bir necha yillar oldin Radomir Antich Serbiya futbol federaciyasi bilan sudlashgandi. Bunday huquqqa faqat bosh murabbiy ega xolos.

SHartnomalarga oid holatlar to'g'risida malumot berishni turkum maqolalar sifatida davom ettiramiz.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика