Sulsher "Manchester Yunayted" hujumchisini "Beshiktosh"da ko'rmoqchi
24 jan 2025 19:34
Yangiliklar
Sulsher "Manchester Yunayted" hujumchisini "Beshiktosh"da ko'rmoqchi
"Beshiktosh"ning yangi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher MYU hujumchisi Markus Reshfordga qiziqmoqda.
Bu xabarni turkiyalik jurnalist Gyokmen O'zjan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatdi. Sulsher avvalroq Reshford bilan "Manchester Yunayted"da birga ishlagan.

Angliyalik futbolchi joriy mavsum MYUning amaldagi bosh murabbiyi Ruben Amorimning nazaridan tushib qoldi. Reshford 12 dekabrdan beri faqat bir marta jamoa qaydnomasidan joy olgandi.
Sulsher "Beshiktosh"dagi faoliyatini muvaffaqiyatli boshladi, "burgutlar" chorshanba kuni Evropa Ligasi doirasida Istanbuldagi maydonida "Atletik"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar