"Betis" Antoni maoshining katta qismini to'laydi
24 jan 22:16
Yangiliklar
Bugun "Manchester Yunayted"ga tegishli vinger Ispaniyaga etib boradi va klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning malumotiga ko'ra, LaLiga klubi futbolchining 84 foiz maoshini va mukofot pullarini to'laydi. Maoshning qolgan 16 foizini "Manchester Yunayted" to'lab boradi.
Antoni "Manchester Yunayted"ga 2022 yil yozida 95 mln evro evaziga transfer qilingan va shu vaqtdan boshlab u jamoasi tarkibida 96 o'yinda qatnashib, 12 gol va 5 assist qayd etdi.
Malumot uchun, Antonining yillik maoshi 10,4 mln funtni tashkil qiladi.
Fikrlar