Amorim "Manchester Yunayted"dan xafa bo'ldi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2025, 20:53
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim klub yangi futbolchilarni olib berishni istamayotganidan mamnun emas.

U yanvar oyida jamoa tarkibini kuchaytirishni niyat qilgandi. Biroq klub qishki transferlar oynasi vaqtida birorta transferni amalga oshirmadi.

Portugaliyalik mutaxassis MYUning transferlar oynasida harakatsiz bo'lganidan xafa bo'ldi. 

Ayni damda mankunianliklar APL turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. Bunga qadar u "Sporting"ni boshqarayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News