

OFK Elit Chempionlar Ligasi, 3-tur
"Eyr Fors" - "Paxtakor" 1:0
Gollar: 70 - Saad Abdulamer
Hakamlar: Falahi, Naemi, Shammari (Qatar), Yahyo (Livan).
VAR: M.Shammari, F.Shammari (Qatar).
Nazoratchi: Fadhli (Kuvayt).
Komissar: Masri (Suriya).
"Eyr-Fors": 95. Mohammed Saleh, 2. Ruslan Xannon, 5. Said Al Rosan, 19. Ashraf Budrama, 3. Muslim Musa, 29. Tuisila Kisinda, 25. Saad Abdulamer (90. Karrar Ali Xasan, 88’), 16. Moses Orkuma (6. Mohannad Jehze, 79’), 73. Ali Saad (77. Mohammad Sami, 64’), 17. Abbas Adil (13. Mujtaba Muhsin, 64’), 10. Mohammad Javad (7. Antoni Oktopu, 79’).
Zaxira: 31. Mohammad Rahim Dalfi, 8. Al Xaret Xatem, 9. Xaytem Jouni, 11. Murad Mohammad, 22. Zaynulabden Nsaif, 21. Ramadan Sadeq, 18. Ali Akbar Taxer.
"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 8. Dilshod Saitov, 55. Muhammadqodir Abdumajidov, 5. Morteza Puraliganji, 22. Muhammad Bobur Karimov, 23. Abdurauf Bo'riev, 27. Sardor Sobirxo'jaev (s), 50. Junior Flamarion (90. Stiven Chinedu, 81’), 9. Ibrohim Ibrohimov (17. Dostonbek Hamdamov, 71’), 21. Bashar Resan (7. Hojiakbar Alijonov, 81’), 29. Aymen Husayn.
Zaxira: 20. Dilshod Abdullaev, 77. Oybek Bozorov, 13. Muhammadali Dilshodbekov, 44. Diyor Ermanov, 6. Sardor Mirqobilov, 12. Vladimir Nazarov, 33. Kuanishbek Saydaliev, 18. Abubakir Shukurullaev, 26. Davron To'laganov.
Ogohlantirishlar: 31 - Abdurauf Bo'riev, 78 - Sardor Sobirxo'jaev, 82 - Ashraf Budrama
90+5. O'yin yakunlandi.
90+1. Chineduning bosh bilan bergan zarbasi raqib futbolchisiga tegib qaytmoqda.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
87. Chamasi 30-35 metrlardan turib Hannonning zarbasi aniq bo'lmadi.
86. Yana bir jarima zarbasi “Eyr Fors” foydasiga, bunisidan ehtiyot bo'laverish kerak.
79. “Sherlar”dan faollik kutmoqdamiz. Zero, bu kabi o'yinlar yakundan kerak bo'ldi…
77. Moses Orkuma jarohat oldi chog'i, unga nisbatan tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
76. Bashar chapdan yurish qilib to'pni markazga uzatgandi, ammo yakuniy pallada raqib himoyachisi yo'nalishni o'zgartirib yubordi…
74. Samining uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
73. Hamdamov zaxiradan o'yinga qo'shilgach biroz jonlandi o'yin.
71. Gol ko'rib oldik o'yinda, endi “sherlar” nima qilishini kuzatamiz.
70. GOL. Abdulamer hisobni ochdi. Jarima zarbasidan uzatilan to'p bosh bilan biroz ortga qaytarildi, bu vaziyatda Saad bo'sh darvozni ishg'ol qildi.
67. Endi mezbonlar oldinga yurishlar qilmoqda, ammo muaaffaqiyatsiz chiqmoqda.
66. Puraliganji bosh bilan yo'llagan xarbasi birozgina noaniq ketdi.
60. Aymendan zarba ko'rdik, to'pn Saleh ushlab oldi.
60. Sobirxo'jaevning havolatib uzatgan to'pini Bashar darvozaga yo'llay olmadi.
54. Basharning zarbasidan so'ng to'pni darvozabon qaytardi, so'ng Flamarion bo'sh qolgan darvozani ishg'ol eta olmadi…
51. Dilshod Saitovning jarima zarbasidan tepgan to'pi “jonli devor”dan o'tmadi, keyingi esa noaniq bo'ldi.
48. Vakillarimiz faol bo'lim avvalida, hujumlar uyushtirishga harakat qilinmoqda.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+5. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+5. Aymandan navbatdagi urinish, biroq bunisi darvozagacha yetib bormadi.
45+3. Aymenning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.
45+1. Bo'limning oxirgi daqiqalarida temp biroz pasaydi, qo'polliklar esa ko'paymoqda.
45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
40. Abdulamerning kuchli zarbasidan so'ng Quvvatov to'pni qaytardi!
32. Dilshod Saitovning chap qanotdan uzatgan to'pini darvozabon Saleh ushlab oldi.
29. Toshkentliklar katta tezlikda qarshi hujumga o'tgandi, ammo yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.
23. Javadning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Quvvatov ushlab oldi.
22. Penalti bekor qilindi!
21. VARda hamkor muhokama davom etmoqda…
20. Stop, holat VARda ko'rib chiqiladigan bo'ldi. Bosh hakam o'zi borib ko'rmoqda.
17. Penalti, “Eyr Fors” darvozasi tomon! Bo'rievning zarbasidan so'ng to'p raqib futbolchisining qo'liga tegdi.
15. Aymen Husayn zo'r vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi…
13. Kurashlar boshlanib ketdi o'yinda, “Paxtakor” futbolchisiga raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
8. Maydon egalari ustunlik qilmoqda ilk daqiqalardan, to'p nazorati ularda.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni OFK Elit Chempionlar ligasining 3-turidan o'rin olgan "Eyr Fors" - "Paxtakor" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz.



