"Bavariya" himoyachisi safdan chiqdi
24 jan 20:29
Yangiliklar
"Bavariya" himoyachisi safdan chiqdi
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis to'rt-olti haftaga safdan chiqdi.
U ECHL doirasida "Feyenoord"ga qarshi o'yinda jarohat olgan va bahsni erta yakunlagan. Birinchi bo'limda u maydonga o'tirib oldi va chap oyog'ida jarohat borligini malum qildi.
"Bild" malumotiga ko'ra, jarohat kutilganidan ko'ra jiddiyroq bo'lishi mumkin. Oldinroq bir qancha manbalar ushbu jarohat ikki haftadayoq bitib ketishini yozib o'tgandi.
Tibbiy ko'rik esa futbolchining son mushaklari yorilganini tasdiqlagan va bu jarohat jiddiyroq bo'lib chiqqan. Yakunda futbolchining 4-6 haftaga safdan chiqqani oydinlashgan.
Eslatib o'tamiz, Devis dushanba kuni "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar