

"Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenbergning bergan ma'lumotiga ko'ra, tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishadi.
"Bavariya"dagilar dushanba kuni Devis bilan shartnomaga qo'l qo'yish ishlarini amalga oshirishni reja qilishmoqda. Klub sport direktori ushbu ishning tezroq yakuniga yetishini so'rayapti.
Oldinroq ma'lum qilinganidek, futbolchining yillik maoshi soliqlardan tashqari 15 mln evroni tashkil qiladi.
Ushbu mavsumda Alfonso Devis 16 o'yinda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.



