"Neftchi" Turkiyadagi beshinchi o'rtoqlik o'yinida to'rtinchi marta durang o'ynadi
24 jan 21:24
Yangiliklar


"Neftchi" Turkiyadagi beshinchi o'rtoqlik o'yinida to'rtinchi marta durang o'ynadi
Unda tomonlar 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etishdi. SHu orqali Vitaliy Levchenko shogirdlari Turkiya yig'inlari doirasidagi beshinchi o'rtoqlik o'yinida to'rtinchi marta durang o'ynadi. Bunga qadar jamoa Serbiyaning IMT (1:1), Kosovoning "Prishtina" (0:0) va Ruminiyaning "Germanshtadt" (0:0) jamoalari bilan durang o'ynagan bo'lsa, Serbiyaning "Mladost" jamoasi 1:0 hisobida mag'lub qilingandi.
"Neftchi" - "Sileks" 2:2
Gollar: Vladimir Yovovich, Zoran Marushich (penaltidan).
"Neftchi": 25.Eldor Suyunov, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 24.G'ulomxaydar G'ulomov, 6. Ikrom Aliboev, 9. SHohrux Gadoev, 7. Abror Ismoilov, 30. Quvondiq Ruziev, 77.Bilolxon Toshmirzaev, 32.Zoran Marushich, 10.Vladimir Yovovich.
"Sileks": 25.Lyupche Dzekov, 21.Marko Nikolovski, 7.Angelche Timovski, 99.David Mateski, 6.Darko Angjeleski, 13.Gligorche Efremov, 8.Darko Dodev, 24.Nikola Braunovich, 29.Ivan Subert, 20.Tomche Grozdanovski, 19.Marko Gorgevski.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar