Varan jarohati sabab "CHelsi"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi
03 may 2021 18:24
Yangiliklar


Varan jarohati sabab "CHelsi"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi
"Real" himoyachisi Rafael Varanda o'ng oyoq son mushaklarining jarohati aniqlandi.
SHu sabab 28 yoshli o'yinchi CHempionlar Ligasi 1/2 yarim final "CHelsi"ga qarshi 5 mayda bo'lib o'tadigan javob o'yinini o'tkazib yuboradi.
Franciyalik 1 mayda La Liga doirasidagi "Osasuna" (2:0)ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. Uning o'rniga tanaffusda Nacho Fernandes tushdi.
"CHelsi"ga qarshi javob o'yinida "Real" himoyachilari Serxio Ramos va Ferlan Mendi qaytishi kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar