Varan: "Benzema Franciya terma jamoasida o'ynashni juda istaydi"
27 noy 2017 12:42
Yangiliklar
Varan: "Benzema Franciya terma jamoasida o'ynashni juda istaydi"
"Real" himoyachisi Rafael Varanning so'zlariga ko'ra, uning jamoadoshi Karim Benzema Franciya terma jamoasida o'ynashni istamoqda.
Biroq "uchranglilar" bosh murabbiyi Dide Desham "Qirollik klubi" hujumchisi xizmatlaridan voz kechishda davom etmoqda.
"Benzema - fenomenal futbolchi va u jamoamizda o'ynayotganidan mamnunmiz. Gap milliy terma jamoa haqida ketganida, Benzema Franciya terma jamoasida o'ynashni juda istayotgani ayon bo'ladi. Bu bosh murabbiy qo'lida. U qaror qabul qiladi. Karim haqida ko'p suhbatlashib turaman va uning hayollarini bilaman" - deydi Varan.
Benzema Matyo Valbuena bilan bo'lgan tovlamachilik ishidan so'ng terma jamoaga chaqirilmay qo'ygan.
Benzema Valbuenaga bo'lgan tovlamachilikda ishtirok etganini tan oldi
Fikrlar