Van Deyk joriy mavsum maydonga qaytadimi? Klopp javob berdi
02 fev 2021 19:50
Yangiliklar


Van Deyk joriy mavsum maydonga qaytadimi? Klopp javob berdi
“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk 17 oktyabr kuni "Everton" bilan derbi paytida tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi.
“Nima bo'lishidan qatiy nazar, CHempionlar Ligasi qaydnomasida Virjil uchun joy topamiz deb o'ylayman. Hech kim menga nimanidir o'zgartirish kerak deb aytmadi.
Darhaqiqat, hech qaysi shifokor, umuman hech kim Virjilning bu mavsumda qaytishi uchun imkon borligini aytmadi. Buning iloji yo'q deb aytmoqchimasman, ammo qaytish ehtimoli juda kam. Vaqti-vaqti bilan mo'jizalarga ishonib turamiz”, deydi Klopp.
Van Deyk joriy mavsumda "qizillar" tarkibida 8 o'yin o'tkazdi va 1 ta gol urdi. U jamoaning APL uchun elon qilingan qaydnomasidan chiqarilgan va hozirda tiklanish jarayonini Dubayda olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar