Buyuk Britaniya bosh vaziri Diogu Jotaning o'limi haqida fikr bildirdi
04 iyu 13:31
Yangiliklar


Buyuk Britaniya bosh vaziri Diogu Jotaning o'limi haqida fikr bildirdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri ser Kir Starmer matbuot uchun brifingda rasmiy bayonot berib, "Liverpul" hujumchisi Diogu Jotaning fojiali vafotiga izoh berdi.
"Mavzuni Jotadan boshlashga ijozat bering, chunki bu dahshatli yangilik. Ishonchim komilki, birinchi fikrlarimiz uning oilasi va do'stlari bilan.
Millionlab "Liverpul" muxlislari, futbol ishqibozlari shokka tushib qoldi. Bu dahshatli. Uning do'stlari va oilasi uchun qanchalik qiyin bo'lishini eslash biz uchun juda muhim", – dedi Starmer.
Avvalroq "Liverpul" 20-raqamni "muzlatgan edi".
O’xshash yangiliklar
18:06
Deku va Flik hozirda Reshford transferini ko'rib chiqmayapti. "Barsa" Diasga etibor qaratmoqda 2

Fikrlar