Van de Bek APL klubiga o'tishi mumkin
14 jan 2020 16:50
Yangiliklar
Van de Bek APL klubiga o'tishi mumkin
Amsterdamning "Ayaks" jamoasi yarim himoyachisi Donni van de Bek mavsum yakunlangandan so'ng klubdan ketishni xohlamoqda.
22 yoshli gollandiyalik futbolchi faoliyatini Angliya klublarining birida davom ettirishi mumkin.
Oldinroq, xavbek bilan Londonning "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" klublari shartnoma imzolamoqchi ekanligi xabar qilingan edi.
Van de Bekning "Ayaks" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Gollandiyalik xavbek joriy mavsum klubi safida 26ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 8ta gol va 8ta assist yozdirib qo'ydi.
Fikrlar