De Ligt: "Manchester Yunayted" uchun o'tgan mavsum o'tmishda qoldi"
28 iyu 2025 16:40
Yangiliklar
De Ligt: "Manchester Yunayted" uchun o'tgan mavsum o'tmishda qoldi"
"Manchester Yunayted"ning niderlandiyalik himoyachisi Matteys De Ligt jurnalistlar bilan suhbatda "qizil iblislar"ning yangi mavsumdagi istiqboli haqida gapirdi.
De Ligtning aytishicha, o'rtoqlik o'yinlaridagi g'alabalar katta ahamiyatga ega, chunki ular o'z qobiliyatlariga ishonchni mustahkamlashda qo'l keladi. Himoyachi o'tgan mavsum Manchester jamoasi uchun o'tmishda qolganini takidladi.
"Hozir jamoamizda pozitivlik ko'proq. Yangi futbolchilar keldi, mashg'ulotlarga ko'p vaqtimiz bor. O'tgan mavsum shunday o'tganidan barchamiz norozimiz. Evrokuboklarda qatnashmasligimiz achinarli, ammo bu bizning ustunligimiz bo'lishi mumkin", – deya qo'shimcha qildi De Ligt.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" APL turnir jadvalida 15-o'ringa joylashgan va evrokuboklarsiz qolgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar