"Valensiya" "Yuventus" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
29 sen 2020 13:05
Yangiliklar


"Valensiya" "Yuventus" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluka di Marcioning xabariga ko'ra, italiyalik futbolchiga "Valensiya" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Ko'rshapalaklar" 26 yoshli futbolchini ijaraga olishmoqchi, ammo "Yuve"ni to'laqonli transfer qanoatlantiradi.
Rugani joriy mavsumda hali maydonga tushmadi, uning "keksa sinora" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
13:23
Del Pero murabbiylik licenziyasini oldi: "Bugundan boshlab meni "mister" deb atashingiz mumkin" 7

Fikrlar