So’nggi yangiliklar

16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  28 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  1 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  12 14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  2 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  67 12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  1 12:19Каннаваро Тошкентда   20 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  30 11:49Келишилган ўйинлар ва ўйинчиларнинг миллионлаб пул тикишлари аниқланди  3 11:23"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр. У Гвардиолага керак  2 10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  1

Vadim Abramov: "Yangi rahbariyat men bilan ham, futbolchilar bilan ham uchrashgani yo'q" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Yangi rahbariyat men bilan ham, futbolchilar bilan ham uchrashgani yo'q"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.




Bugungi o'yinni oson yutishimiz kerakdek edi. Biroq o'zimizga muammolar paydo qildik va uchrashuv oxirida biroz asabiy bo'ldi. Umuman olganda o'yinda g'alabaga munosib harakat qildik.

- Eshitishimizga qaraganda yangi rahbariyat futbolchilar bilan uchrashmagan, moliyaviy muammolar bor ekan. Bu ichki muhitga qay darajada tasir qilmoqda?
- Men hozirgacha yangi rahbariyat bilan uchrashganim yo'q. Futbolchilar bilan ham hech kim uchrashgani yo'q. Muammolar juda ko'p. Ammo afsuski ular hal bo'lmayapti. Yigitlar shu muammolarga qaramay maydonga tushib o'ynashmoqda. Umid qilamizki barchasi yaxshi bo'ladi.

- Bir yo'la uch o'zgarishni amalga oshirdingiz. Yangilar o'yinni kuchaytira olishdimi?

- SHubhasiz, agar o'yinni shunday yomon tugatgan bo'lsak o'zgarishlar foydali bo'lmagan bo'ladi. Ammo ayb faqat ularda emas. Maydondagi futbolchilar ham yangilarga ishonib qolishdi.

- "Bunyodkor"da penaltilarni G'iyosov va Qobilov amalga oshirishadi. Bugun esa Nuriev tepdi...

- SHunchaki zaxiradan maydonga tushgan hujumchi o'zi ishlagan penaltini tepishini o'zim xohladim. Uchrashuv oxiri bo'lgani uchun shunday qarorga keldim. Afsuski gol ura olmadi, aslida bugun men juda yomon ishladim.

- Ayni paytdagi muammolarni olib qarasak ikkinchi davrada qaysi o'rin uchun va qanday maqsadda o'ynaydi?

- Umid qilamanki muammolar qandaydir hal qilinadi. Men o'zimdan ko'ra yigitlar uchun ko'proq tashvishdaman. "Bunyodkor" klubi o'zbek futboliga hali ko'p foyda keltiradi va bunday munosabatga loyiq emas.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика