“UzDongJu” mahalliy futbolchilarni ortga qaytardi
12 avg 2015 13:01
Yangiliklar
“UzDongJu” mahalliy futbolchilarni ortga qaytardi
Bosh murabbiy Nozim Mullaoxunov jamoa safini mahalliy ammo so'nggi paytlarda boshqa klublarda o'ynab kelayotgan o'yinchilar hisobiga kuchaytirishga xarakat qildi. Xususan “Kosonsoy”dan asli andijonlik bo'lgan tajribali hujumchi Isroil Tursunov taklif etilgan. “Andijon”dan Akbar Xodjaev kelib qo'shildi. Birinchi bosqichni “Zomin”da o'tkazgan paxtaobodlik Nodir Teshaboev ham endigi faoliyatini “UzDongJu”da davom ettiradigan bo'ldi. SHuningdek “Bunyodkor” yoshlar jamoasidan Muhammad Yusuf Abdumajidov ham taklif etilgan. Birinchi bosqichda “bo'yoqchilar” sharafini himoya qilgan Xondamir Yuldashev endigi faoliyatini “Andijon”da davom ettiradigan bo'ldi. SHuningdek u bilan birga iqtidorli himoyachi Dilmurod Mahmudov ham viloyatning bosh jamoasiga ko'chib o'tganini aytish lozim.
Eslatib o'tamiz bugun SHo'rbuloq dahasidagi suniy qoplamali maydonda kechadigan “UzDongJu” – “Orol” uchrashuvi 17:45da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar