“UzDongJu” mahalliy futbolchilarni ortga qaytardi

Narzulla Saydullayev
12 avg 2015, 13:01
“UzDongJu” tarkibida ham davralar oralig'ida o'zgarishlar kuzatildi.

Bosh murabbiy Nozim Mullaoxunov jamoa safini mahalliy ammo so'nggi paytlarda boshqa klublarda o'ynab kelayotgan o'yinchilar hisobiga kuchaytirishga xarakat qildi. Xususan “Kosonsoy”dan asli andijonlik bo'lgan tajribali hujumchi Isroil Tursunov taklif etilgan. “Andijon”dan Akbar Xodjaev kelib qo'shildi. Birinchi bosqichni “Zomin”da o'tkazgan paxtaobodlik Nodir Teshaboev ham endigi faoliyatini “UzDongJu”da davom ettiradigan bo'ldi. Shuningdek “Bunyodkor” yoshlar jamoasidan Muhammad Yusuf Abdumajidov ham taklif etilgan. Birinchi bosqichda “bo'yoqchilar” sharafini himoya qilgan Xondamir Yuldashev endigi faoliyatini “Andijon”da davom ettiradigan bo'ldi. Shuningdek u bilan birga iqtidorli himoyachi Dilmurod Mahmudov ham viloyatning bosh jamoasiga ko'chib o'tganini aytish lozim.

Eslatib o'tamiz bugun Sho'rbuloq dahasidagi sun'iy qoplamali maydonda kechadigan “UzDongJu” – “Orol” uchrashuvi 17:45da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia