"Manchester Yunayted" yanvarda "Nyukasl" sardorini sotib olmoqchi

18 noya 2026, 08:50
"Nyukasl" markaziy himoyachisi Malik Tiav "Manchester Yunayted"ning qishki transfer oynasi uchun mo'ljallangan maqsadlari ro'yxatidan joy oldi.

Tiav 2025 yilning yozida "Milan"dan 34,3 million funt evaziga ko'chib o'tganidan so'ng "Nyukasl"ning asosiy o'yinchilaridan biriga aylandi, shuningdek, Malik Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Yurgen Kloppning ham ishonchini qozondi.

Tiav ajoyib jismoniy ko'rsatkichlari va to'pga egalik qilishdagi sovuqqonligi bilan ajralib turadi, tezligi evaziga esa katta hududlarda raqibni quvib yetib, ishonchli himoyalana oladi - aynan shu jihatlar "Yunayted" va Yevropaning bir qator top-klublari e'tiborini tortdi.

TEAMtalk nashrining "Yunayted"dagi o'z manbalariga tayanib xabar berishicha, "qizil iblislar" 25 yoshli Tiavni qishki transfer oynasi uchun real maqsad deb hisoblashmoqda.

"Nyukasl" 2029 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tufayli muzokaralarda kuchli poziciyaga ega va avvalroq Tiavni 80 million funtga baholagan edi, bu esa hozirgi transfer bozoridagi elita himoyachilar darajasiga mos keladi.

"Nyukasl" Tiavning karerasidagi o'sishiga to'sqinlik qilmoqchi emas, biroq o'zining yetakchi himoyachisini hech bo'lmaganda mavsum oxirigacha saqlab qolishni afzal ko'radi.

O'xshash yangiliklar