So’nggi yangiliklar

10:42Неймарнинг келажаги маълум  0 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги дахшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  14 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  15 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  9 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2

Umid Ahmadjonov: “Rahbariyatning ishiga baho berish uchun 100 kun o'tishi kutiladi” Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: “Rahbariyatning ishiga baho berish uchun 100 kun o'tishi kutiladi”

Teglar :  Umid AhmadjonovO'FF
Bugungi matbuot anjumanida O'FF prezidenti bir qator masalalarga to'xtalib o'tdi.

Bugun federaciyaning hisobot saylov konferenciyasi o'tganiga 15 kun to'ldi. SHu vaqt ichida biz O'zbekiston futbolining 2018-2022 yillarga mo'ljallangan rivojlantirish dasturini oxirgi bobini yozib bitirdik. Unda keyingi 4 yil ichida qilinishi kerak bo'lgan eng muhim masalalar aks etadi. Bizning ishchi guruhimiz ushbu dasturning loyihasini sizga tanishib chiqish uchun taqdim etayapti.

Qisqacha qilib aytishim mumkinki, O'zbekiston Futbol Federaciyasi katta islohotlar ostonasida turibdi. Islohotlarni amalga oshirish guruhi ishni boshlash uchun qulay nuqta – ustuvor masalalarni aniqlab olgan bo'lib, biz futbolni ko'tarish uchun ana shu nuqtadan yangi manzil sari yo'lga tushamiz.

Ustuvor masalalar haqida biz jamoatchilikka xabar berdik. Lekin, bugun men bu masalalarni yana bir bora alohida takidlab o'tmoqchiman.

Birinchisi, milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlash masalasi bo'lib, hozirda ushbu jarayon davom etayapti.

Ikkinchisi,kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Buning uchun O'zbekiston Futbol Federaciyasida yangi jamoa ish boshlayapti, deb bugun men bemalol sizga ayta olishim mumkin.

Uchinchisi,futbolimizdagi tanish-bilishchilik va urug'-aymoqchilik kabi illatlarga qarshi kurashishdir. Men to'g'ri tushunaman, agarda bu sportchilar oilasi bo'lsa va ular haqiqatan ham o'z joylariga munosib bo'lishsa, marhamat. Lekin, shunday holatlar borki, bu futbolimizning ildiziga bolta uradi. Biz mana shunday g'irromlik va qing'irlikdan tozalash uchun alohida mutaxassislar guruhini jalb qildik.

To'rtinchisi,federaciya ishini shaffoflashtirishdir. Bu bilan biz ishqibozlarning federaciyaga bo'lgan ishonchi va hurmatini qozonishni niyat qilganmiz. CHunki, biz uchun xalqning federaciya haqidagi fikri juda muhim. Hammaga yoqishning ilojisi yo'q, lekin salbiy fikrlarni yo'qotish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Beshinchisi, chiptalar savdosini isloh qilish qilish bo'lib, bunda birinchi raqamli vazifa elektron chiptalar savdosini yo'lga qo'yishdir. Aynan shu yo'l orqali chiptalarning olib-sotarlar qo'liga o'tib ketishiga qarshi kurashish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.


Bundan tashqari:
- bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish,
- murabbiylar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan isloh qilish,
- oliy liga va birinchi liga musobaqalarining saviyasini oshirish,
- milliy terma jamoani 2022 yilgi jahon chempionatiga olib chiqish,
- O'zbekiston Futbol Federaciyasini Osiyoning eng  yaxshi federaciyalaridan biriga aylantirish,
- barcha jahon chempionatlarida ishtirok etishga erishish,
- ommaviy futbolni yangi bosqichga olib chiqish,
- butun O'zbekiston bo'ylab futbol o'ynashni yanada ommalashtirish va osonlashtirish, ishqibozlarning stadionlarga kelib o'yin tomosha qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish

kabi boshqa vazifalar ham borki, bularning bari O'zbekiston Futbol Federaciyasining rivojlantirish dasturidan o'rin olgan.

Bugun dunyo axborot bilan yashayapti. Zamonaviy fuqaro boshlanayotgan kunini ham, tugab borayotgan kunni ham axborot olish bilan o'tkazadi. Axborot shu darajada muhim omilki, uning oqimi tugasa yoki to'xtab qolsa, bo'shliq yuzaga keladi. SHu sababli ham axborotni o'z vaqtida va to'g'ri berish juda muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston Futbol Federaciyasi bundan keyin ham axborot bo'shlig'iga qarshi kurashish siyosatini qo'llab-quvvatlagan holda ishlaydi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi mamlakatimiz futbolini yanada ko'tarish uchun o'z oldiga ustuvor vazifalarni belgilab oldi. Federaciyaning yangi jamoasi 12 sentyabr kuniyoq ana shu vazifalar ustida katta ko'lamli ishlarni amalga oshirib kelyapti. Men hozir katta vadalar berishga shoshilmayman, faqatgina rejalarimiz uzoq muddatga mo'ljallanganini, qolaversa, maqsadlarimiz jiddiy ekanligini ishonch bilan ayta olaman. Biz ishqibozlar bilan, xalq bilan dialogga doim tayyormiz va qilinayotgan ishlarda ularning xohish va irodalarini ham inobatga olamiz.

Dunyo tajribasidan malumki, rahbariyatning ishiga baho berish uchun ommaviy axborot vositalari 100 kun o'tishini kutishadi. Umid qilamanki, O'zbekiston Futbol Federaciyasi ham ana shu 100 kunlik o'ta murakkab davrni yaxshi bosib o'tadi. Bu davr oralig'ida Federaciyasi ichida va tashqarisida ko'p yangiliklar bo'ladi. Bu yangiliklar esa Siz O'zbekiston Futbol Federaciyasidan faxrlanishingiz uchun amalga oshiriladi.


O'FF matbuot xizmati

foto: O'FF matbuot xizmati

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика