So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

U-23 Osiyo kubogi. Avstraliya bosh murabbiyi: "Turkmanistonning bu bosqichga etib kelishi hech qanday syurpriz emas, chunki..." Yangiliklar

U-23 Osiyo kubogi. Avstraliya bosh murabbiyi: "Turkmanistonning bu bosqichga etib kelishi hech qanday syurpriz emas, chunki..."

Ertaga U-23 Osiyo kubogining chorak final bahslari bo'lib o'tadi.

Avstraliya va Turkmaniston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Trevor Morgan hamda futbolchi Lachlan Bruk ishtirok etishdi.

- Guruh bosqichi yakuniga etdi, bahslar haqida fikringiz?
- Aynan bir narsani ayta olmayman, ammo bizning jamoa o'yindan-o'yinga o'sayotganini ko'rishdan xursandmiz va biz ertangi o'yini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz.




- Ertangi bahsga jamoangizning tayyorgarligi qanday bo'ldi?
- Kayfiyatimiz alo darajada. Bizining jamoa faqat qobiliyatli futbolchilar yig'ilgan va ular bir jamoa bo'lib yaxshi vaqt o'tkazishmoqda. Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. OFK va mezbon O'zbekiston bu musobaqa hamda sharoitlarni alo darajada qilib berishdi. Bu erdaligimizdan xursandmiz va bu erda mazza qilyapmiz.

- Ertangi raqib Turkmaniston jamoasi haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlasha olasizmi?
- Bu jamoaga nisbatan hurmatim cheksiz. CHunki bu jamoa guruhidagi yuqori darajadagi jamoalarga qarshi ajoyib natijalarni qo'lga kiritdi ammo biz bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik bilan etib keldik. Biz bu bahsda g'alaba qozonishni maqsad qildikmi, demak bu maqsadimizga erishamiz.




- Turkmaniston terma jamoasining bu bosqichga etib kelgani siz uchun syurpriz bo'lmadimi?
- Turkmanistonning bu bosqichga etib kelishi hech qanday syurpriz emas, chunki bunday katta musobaqada kuchsiz jamoalar ishtirok etmaydi va shu bilan birgalikda jamoalar o'yindan-o'yinga kuchayib borishadi.

- Futbolchiga savol: CHorak finalga tayyorgarlik qanday kechdi?
Lachlan Bruk: - Tiklanish uchun dieta qildik chunki ertangi bahs oldidan zararli narsani eb qo'ymaslik biz uchun juda muhim. CHorak final bahsi oldidan biz bu uchrashuvga jiddiy yondashib bor fikrimizni bir joyga jamlaymiz. 



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика