U-22 Osiyo chempionatiga saralash. Musobaqaga boradigan barcha jamoalar ma'lum

Xayrulla Xoliqov
24 iyul 2017, 10:38
Kelasi yilning yanvar oyida Xitoyda bo'lib o'tadigan U-22 Osiyo chempionatida ishtirok etadigan 16ta jamoa nomi ma'lum bo'ldi.

Xabaringiz bor, "D" guruhida bahs olib borgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhda birinchi o'rinni olib boshqa guruhlarda hali o'yinlar boshlanmasdan musobaqa ishtirokchisiga aylangandi. 

Kechagi o'yinlardan so'ng U-22 Osiyo chempionatida qatnashadigan hamma jamoalar ma'lum bo'ldi. Dastavval 3-tur natijalarini keltirib o'tsak. 

A guruhi

Eron - Ummon 0:2

B guruhi

Bahrayn - Afg'oniston 2:0 

Iroq - S.Arabistoni 2:0 

C guruhi 

Hindiston - Turkmaniston 3:1 

Qatar - Suriya 1:1 

E guruhi 

Iordaniya - Tojikiston 2:0 

Falastin - Bangladesh 3:0 

F guruhi 

Singapur - Bruney 4:1 

Avstraliya - Myanmar 3:0 

G guruhi 

Xitoy Taypeyi - Gonkong 0:4 

KXDR - Laos 6:0 

H guruhi

Malayziya - Mo'g'uliston 2:0 

Tailand - Indoneziya 0:0 

I guruhi 

Timor Leste - Makau 7:1

Janubiy Koreya - Vetnam 2:1 

J guruhi 

Yaponiya - Xitoy 1:2 

Kambodja - Filippin 1:0 

Shunday qilib guruh g'olibi sifatida O'zbekiston, Ummon, Iroq, Qatar, Falastin, Avstraliya, KXDR, Malayziya va Janubiy Koreya U-22 Osiyo chempionatining final bosqichiga yo'l olishdi.

Eng yaxshi ikkinchi o'rin egalari sifatida esa Saudiya Arabistoni, Suriya, Iordaniya, Tailand, Vetnam va Yaponiya musobaqada ishtirok etishadi. Biz bilan bir guruhda bahs olib borgan BAA esa Osiyo chempionatiga chiqa olmadi.


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com