U-20 Osiyo kubogi. O'zbekistonni mag'lub etgan Koreya Respublikasi penaltilar seriyasida yutqazdi va finalga chiqa olmadi
26 fev 16:03
Yangiliklar


U-20 Osiyo kubogi. O'zbekistonni mag'lub etgan Koreya Respublikasi penaltilar seriyasida yutqazdi va finalga chiqa olmadi
Uchrashuvni o'zbekistonlik Asker Najafaliev boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishdi. Asosiy va qo'shimcha taymlarda hisob ochilmadi, g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida Saudiya Arabistoni terma jamoasi omadliroq bo'ldi va finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Chorak finalda O'zbekistonni penaltilar seriyasida mag'lub etgan Koreya Respublikasi esa yarim finalda to'xtashga majbur bo'ldi.
Ikkinchi yarim finalda Avstraliya va Yaponiya to'qnash kelishadi.
U-20 Osiyo kubogi, yarim final
Saudiya Arabistoni - Koreya Respublikasi 0:0 (penaltilar seriyasi 3:2)
26.02.2025. Shenjen, "Shenjen yoshlar futbol mashg'ulot bazasi" stadioni.
Hakamlar: Asker Najafaliev, Ruslan Serazitdinov (ikkalasi O'zbekiston), Ismoil Nuraliev (Tojikiston), Zaid Tamer Muhammad, Haydar Abdulhasan Ali Ubaydi (ikkalasi Iroq)
VAR: Abdulloh Jamoli (Kuvayt)
AVAR: Ammar Ibrohim Mahfuz (Bahrayn)
Nazoratchi: Ryuji Sato (Yaponiya)
Komissar: Yoqubjon Sohibov (O'zbekiston).
Saudiya Arabistoni: 22.Hamed Abdullah Yusef, 6.Solih Al Barnavi, 9.Talal Hoji (23.Tamer Fathi Al Haybari, 79), 11.Saad Haqavi, 12.Navaf Abdulah Al Gulaymish, 13.Bassam Abdullah Hazazi, 14.Farhah Al Shamroni, 15.Amar Hamid Al Yuhaybi (7.Ali Xayrallah Al Mahdavi, 101), 16.Saud Mahmud Al Tumbikti, 17.Hussayn Al Raqvani (18.Ramiz Zaid Al Attar, 61), 19.Avad Muhsin Aman.
Zaxira: 1.Abdulloh Said Al Gamdi, 2.Sulton Abdulaziz, 3.Turki Al Madani, 20.Abdulmalik Al Harbi, 21.Abdularhmon Al Gamdi.
Koreya Respublikasi: 23.Xon Syonmin, 2.Bae Xyunseo (11.Kan Juxeok, 118), 6.Kim Xojin, 7.Son Syonmin, 8.Sun Shin (13.Li Changvu, 98), 9.Xa Jeongvu (5.Kim Geol, 56), 12.Pak Seungnsu (22.Yun Duyong, 46), 14.Baek Minyu (15.Li Geonxi, 98), 16.Kim Seojin, 17.Jin Taexo (10.Kim Taevun, 56), 20.Shin Minxa.
Zaxira: 1.Pak Sanyun, 21.Kim Minsu, 3.Shim Eonvon, 4.Cho Xeonu, 18.Li Echan, 19.Kim Xyunvu.
Ogohlantirishlar: Avad Muhsin Aman 9, Farhah Al Shamrani 87, Shin Sung 90+2.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
2023 йилда чорак финалда пеналтилар сериясида биз U20 (хусанов файзуллаевлар) кореяга 3та гол урганди Кореянинг биронта зарбаси гол булмаган
Айтмокчи булганим бош мураббий керакли уйинчиларни топа олмаган айб бош мураббийда уйинчиларда эмас