So’nggi yangiliklar

08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  2 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  26 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31

U-20 Osiyo kubogi. O'zbekiston ilk turda Suriyani mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. O'zbekiston ilk turda Suriyani mag'lubiyatga uchratdi

U-20 Osiyo kubogining "A" guruhidan o'rin olgan O'zbekiston - Suriya uchrashuvi yakunlandi.

O'zbekiston U-20 - Suriya U-20 2:0

1 mart 2023 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Muhammad Nazmi bin Nazaruddin, Muhammad Zayrul bin Xalil Tan (ikkalasi ham — Malayziya), SHisuke Takebe (Yaponiya), Qosim Matar Ali al Hatmi (Ummon).
Nazoratchi: Jasim Muhammad al Hayl (Qatar)

Gol:1:0 — 37, Fayzullaev, 2:0 — 68, Zakariya (avtogol)

O'zbekiston U-20:
21. Otabek Boymurodov, 3. Abduqodir Husanov, 6. Jahongir O'rozov, 7. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 8. Behruzbek Asqarov, 10. Umarali Rahmonaliev (k), 13. Zafarmurod Abdirahmatov, 14. Abbosbek Fayzullaev, 15. Diyorbek Ortiqboev, 17. Nodirbek Abdurazzoqov, 20. Mahmudjon Mahamadjanov.
Zaxira: 1. Edem Nemanov, 12. Asrorbek Kenjaev, 2. Izzatullo Po'latov, 4. Abubakr Ashurov, 5. Javohir O'tamurodov, 9. SHahzodjon Nematjonov, 11. SHahriyor Jabborov, 16. SHahzodbek Rahmatullaev, 18. Saidafzalxon Ahrorov, 19. SHahzod Akramov, 22. SHerzod Esanov, 23. Asadbek Jo'raboev.

Suriya U-20: 1. Maksim Sarraf, 3. Xolid Alhejjeh, 5. Amir Alfayad, 6. Malik Janir, 7. Hasan Ravan Osman, 8. Mahmud Nayef, 9. Zakariya Al Ramadan, 10. Mahmud Alasvad, 12. Mahmud Manna, 14. Almekdad Ahmad, 15. Muhammad Otman.
Zaxira: 22. Muhammad Hassuni, 23.Ali Holou, 2. Ammar Alma, 11. Elias Safar, 13. Annas Al-Hardan, 16. Abdallah Zakrit, 17.Mustafo Hamo, 18. Hasan Dahhan, 19. Muhannad Fadel, 20. Mustafo Abdullatif, 21. Muhammad Asaad.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! Ertaga payshanba kuni g'alabani osh bilan nishonlaymiz! Qolgan uchrashuvlarda ham O'zbekiston terma jamoasiga g'alaba tilab qolamiz.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. O'zgarishlar: Po'latxo'ja Xoldorxonov va Behruzbek Asqarov o'rniga Abubakr Ashurov va Asadbek Jo'raboev maydonga tushirildi.

87. O'zgarish: Hasan Ravan Osman o'rniga Muhammad Asaad maydonga tushirildi.

86. Suriyalik futbolchi raqib jarima maydonida yiqildi, ammo penalti belgilanmadi.

83. Rahmonalievning jarimadan yo'llagan zarbasi kuchli chiqmadi.

83. Xolid Alhejjeh raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

81. O'zgarish: SHahzodbek Rahmatullaev Behruzbek Asqarovni almashtirdi.

78. SHahzod Akramov ofsayddan raqib darvozasini ishg'ol qildi.

32757 tomoshabin bugungi uchrashuvga tashrif buyurdi.

76. O'zgarish: Mustafo Abdullatif Zakariya Al Ramadan o'rniga maydonga tushirildi.

73. Suriyalik futbolchidan zarba xavfli chiqdi, to'p qaytarildi.

72. Fayzullaev Xoldorxonovga aniq pas bera olmadi, Po'latxo'ja esa oxirigacha raqibini taqib etib, qoida buzdi.

68. Mahamadjanov burchak zarbasi ishlab oldi, Fayzullaevning standartidan so'ng to'p rekoshet hosil qilib darvozaga kirib ketdi! GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! 


67. Rahmonalievga nisbatan qo'pollik ishlatildi, ammo standartda to'p yo'qotildi.

66. Suriyaliklarnng o'ng qanotdan oshirgan uzatmasini Boymurodov egallab oldi.

62. O'zgarish: Mahmud Manna o'rniga Elias Safar maydonga tushirildi.

60. O'zgarish: SHahzod Akramov Nodirbek Abdurazzoqov o'rniga maydonga tushirildi.

60. Fayzullaev amalga oshirgan burchak zarbasini suriyalik himoyachilar qaytardi.

58. Fayzullaev markazda turgan Ortiqboevga pas berdi, ammo Diyor qulay nuqtadan zarba yo'llay olmadi. 

57. Fayzullaev chap qanotdan zarba yo'lladi, ammo o'zi kutganidek zarba chiqmadi.

54. Abdurazzoqovning o'ng qanotdan uzatmasini Sarraf mushti bilan urib yubordi.

53. Suriyalik futbolchining chap qanotdan uzatmasini Mahamadjanov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Ofsayd: 1-1

51. Ajoyib kombinaciya natijasida Fayzullaevning chap oyoqda yo'llagan zarbasini raqib posboni qaytardi.

49. O'zbekistonlik futbolchining o'ng qanotdan uzatmasi sherigiga etib bormadi. Sarraf to'pni egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Abdurazzoqov salkam 2 metr masofadan o'ta noaniq zarba yo'lladi!

45+2. Suriyalik futbolchi xavfli zarba yo'lladii, Boymurodovdan seyv! 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Fayzullaev chap qanotdan raqibini aldab o'tib zarba yo'lladi, to'p himoyachilarga tegib qaytdi, so'ngra Husanov zarbasiga aniqlik etishmadi.

43. Xoldorxonov chap qanotda raqibidan o'zib keta olmadi, burchak zarbasi amalga oshiriladi.

42. Rahmonaliev Fayzullaevning ajoyib pasini darvoza tomon biroz noaniq yo'lladi, aks holda hisob o'zgarishi mumkin edi.

41. Behruzbek Asqarov jarohat oldi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

Follar bo'yicha ko'rsatkich: 7-6

39. Suriya burchak zarbasi amalga oshirdi, to'p qaytarildi.

38. Zakariya Al Ramadan uzoq masofadan darvozani nishonga olib ko'rdi, Boymurodov uchun bu qiyinchilik tug'dirmadi.

37. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Fayzullaev jarimadan supergol urdi!!!

36. O'zbekistonliklarda standart vaziyat yuzaga keldi.

35. Suriyalik futbolchi maydon markazida to'pni qo'l bilan o'ynadi.

33. Suriyalik futbolchining o'ng qanotdan uzatgan to'pini o'zbekistonlik himoyachi qaytardi.

32. Markaziy zonada ketma-ket ikkita hujum boshlashda noaniq pas berishdi o'zbekistonliklar, biroq raqiblar ham xatoga yo'l qo'yishdi.

31. Nodirbek Abdurazzoqov raqibga niisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

Paslar aniqligi — 80 ga 72 %

28. Amir Alfaya tibbiy yordamga muhtoj, u Rahmonaliev bilan to'qnashib ketdi.

27. CHap qanotdan oshirilgan to'pni suriyalik himoyachilar qaytardi, so'ngra hujum o'ng qanotdan davom etdi, ammo yakun yana oddiy vaziyatda to'p yo'qotish bilan yakunlandi.

25. Abdirahmatov maydon markazida qoida buzdi, raqib standartidan so'ng to'p olib qo'yildi.

24. Xoldorxonovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

23. Yana o'zbekistonliklar hujumida tushunmovchilik yuzaga keldi va to'p yo'qotildi.

22. Suriya hujum tashkil etdi, Hasan Ravan Osmanning chap qanotdan uzatmasini o'zbekistonlik himoyachilar bir amallab qaytardi.

21. O'zbekistonliklarning burchak zarbasi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

21. Xoldorxonov zarbasidan so'ng mezbonlar burchak to'pi ishlab oldi.

20. Burchak zarbasini Suriya himoyachilari bartaraf etishdi. 

19. Xoldorxonov va Fayzullaev zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi, ikkinchisi rekoshet hosil qilib, maydonni tark etdi.

18. Xoldorxonovni sherigi birga-bir vaziyatga chiqarshiga harakat qildi, ammo darvozabon vaqtida to'pga chiqdi.

16. Suriyalik futbolchi ofsaydda qolib ketdi.

15. SHunga o'xshash vaziyat chap qanotda sodir etildi, yana to'p himoyachidan o'tmadi.

14. O'ng qanotdan ochilgan Rahmonaliev markazga to'pni o'tkaza olmadi.

13. Hasan Ravan Osman aylanma zarba yo'lladi, xavfli zarba sodir bo'ldi. 

12. Suriyalik futbolchi o'ng qanotdan uzatma amalga oshirdi, markaziy himoyachilar to'pni qaytardi.

11. O'ng qanotdan o'zbekistonlik futbolchining o'tib ketishiga raqib himoyachisi yo'l qo'ymadi. 

9. CHap qanotdan yana faol tashkil etildi, ammo yakuniy pasda yana aniqlik etishmadi. 

7. Pressing natijasida O'zbekiston to'pni olib qo'ydi, ammo uzatmalarda yana aniqlik etishmadi.

6. Fayzullaev chap qanotdan ikki bor oldinga bordi va uzatmalarda noaniqlikga yo'l qo'ydi.

5. Standartdan so'ng ketma-ket 3-4 zarba yo'llandi, ammo ularning barchasi qaytarildi.

4. O'ng qanotda Xoldorxonovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Standart vaziyat yuzaga keldi.

3. Fayzullaev markazdan oldinga bordi va chap qanotga to'pni uzatishda aniq o'ynay olmadi.

3. O'zbekiston tezkor hujum, Suriya esa tezkor qarshi hujum tashkillashtirishga harakat qilmoqda.

2. Fayzullaev ikki bor burchak zarbasini amalga oshirdi, birinchisi qaytarildi, ikkinchisi darvozaga kirishiga bir bahya qoldi.

1. Uchrashuvni O'zbekiston terma jamoasi boshlab berdi. Dastlabki daqiqalarda chap qanotdan hujum tashkillashtirildi, raqib himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


Bugun O'zbekiston terma jamoasi oq, Suriya termasi esa qizil rangli liboslarda harakat qiladi. O'zbekiston 5-4-1, Suriya esa 4-4-2 sxemasida uchrashuvni boshlaydi.

Dastlab DJ Macarella, so'ngra SHohruh rep ijodidan bahraman bo'ldik. Endi bo'lajak bellashuv zavqi bundan-da maroqliroq bo'ladi degan umiddamiz.

Uchrashuv avvalida "Bunyodkor" stadionida ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda. Maxsus chiroq effektlari yordamida turli manzaralar hosil qilindi.

U-20 Osiyo kubogi. O'zbekistonning 1-turdagi raqibi Suriya haqida: zilziladan keyingi holat, niderlandiyalik murabbiy va legioner futbolchilar

Assalomu alaykum, O'zbekistonda katta futbolni sog'ingan barcha futbol ishqibozlari. Bugun 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo kubogi boshlandi. O'zbekiston yoshlari ilk uchrashuvini suriyalik tengqurlariga qarshi o'tkazadi. 

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика