Rasman: Nkunku "Chelsi"dan "Milan"ga o'tdi
30 avg 2025 14:41
Yangiliklar
Italiya klubi 27 yoshli forvard transferini rasman elon qildi.
Futbolchi bilan kelishuv 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Kristofer Nkunku "rossonerilar" safida 18-raqamda harakat qiladi.
Avvalroq, "Milan" futbolchi uchun 37 million evro to'lashi, bu miqdor bonuslar bilan esa 42 million evrogacha ko'tarilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Nkunku 2023 yilning iyulidan buyon "Chelsi" sharafini himoya qilib kelayotgandi. London klubi uni "Leypcig"dan 60 million evroga sotib olgandi.
Umuman olganda, futbolchi "Chelsi" safida 62 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar