So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Katta futbolga yo'l ochuvchi musobaqa - UEFA Yoshlar Ligasi: "Qayrat" ilk bor ECHLda qatnashadi Yangiliklar

Katta futbolga yo'l ochuvchi musobaqa - UEFA Yoshlar Ligasi: "Qayrat" ilk bor ECHLda qatnashadi

Ushbu maqola orqali UEFA Yoshlar Ligasi formati, unda qaysi jamoalar ishtirok etishi va boshqa muhim malumotlar bilan tanishasiz.

Xo'sh, UEFA Yoshlar Ligasi (UEFA Youth League) o'zi nima?

UEFA Yoshlar Ligasi – bu 2013 yildan beri Evropa futbol associaciyalari ittifoqi (UEFA) tomonidan tashkil etib kelinadigan yosh futbolchilar o'rtasidagi klublararo musobaqa bo'lib, uning hozirgi formatida UEFA Chempionlar Ligasi bosqichida ishtirok etuvchi klublarning 19 yoshgacha bo'lgan jamoalari, shuningdek, eng yaxshi milliy associaciyalarning yoshlar chempionati g'oliblari ishtirok etadi.

Yarim final va final ananaviy tarzda Shveycariyaning Non shahridagi "Kolovrey" stadionida o'tkaziladi, biroq ishtirokchi klublar muxlislarining turnirga qiziqishi ortgani sababli 2022/23 yilgi mavsum uchun "Stad de Jenev" tanlangan edi. G'oliblarga UEFA sobiq prezidenti nomidagi Lennart Yuxansson sovrini topshiriladi.

Eng muvaffaqiyatli (3 karra g'olib) jamoa ham, amaldagi chempion ham "Barselona" sanaladi. Kataloniyalik iqtidorlar 2025 yilgi finalda "Trabzonspor"ni 4:1 hisobida mag'lub etgandi.


ECHLning yoshlar versiyasi

UEFA Yoshlar Ligasi yosh futbolchilarga Evropa darajasidagi tajribasi oshishiga xizmat qiladi, xalqaro raqobatga moslashadi va katta futbolga qadamlarni bosish imkoniyatini yaratadi. 

Dunyoning turli nuqtasidagi professional futbol klublari, xususan, Evropa grandlarining skautlari turnirni astoydil kuzatib boradi. Natijada kelajak yulduzlari kashf qilinadi.   

UEFA bu musobaqani Evropa Chempionlar Ligasining yoshlar versiyasi sifatida yo'lga qo'ygan.


Jamoalar

Yuqorida takidlanganidek, musobaqada ikki asosiy yo'nalishni qamrab oladi:

UEFA Chempionlar Ligasi yo'li (UEFA Champions League Path). Bunda UEFA Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan klublarning U-19 jamoalari bo'ladi.

Bu jamoalar katta jamoalarning guruh bosqichiga qarab saralanadi.

Mahalliy Chempionlar yo'li (Domestic Champions Path). UEFA azosi bo'lgan mamlakatlarning U-19 chempion klublari ishtirok etadi. Yoshlar o'rtasidagi musobaqalari bo'lmagan Lixtenshteyn va San-Marino hamda UEFA musobaqalaridan chetlashtirilgan Rossiya bundan mustasno.

UEFAning 2025 yilgi reytingi bo'yicha 28 ta eng kuchli associaciya klublari ikkinchi bosqichga yo'l oldi, qolgan 24 ta jamoa esa yurishini birinchi bosqichdan boshladi. Agar yoshlar o'rtasidagi milliy chempionat chempionlari UEFA Chempionlar Ligasi yo'lida bo'lsa, ularning o'rnini yoshlar o'rtasidagi milliy chempionat vice-chempionlari egalladi. 

Bu yo'nalish orqali ishtirok etayotgan jamoalar alohida saralashdan o'tadi.


Taqvim

Musobaqa 2025 yil 16 sentyabrda boshlanadi va 2026 yil 3 fevralga kelib 1/16 final uchrashuvlariga navbat keladi. 17 apreldan 20 aprelga qadar Non shahridagi "Kolovrey" stadionida 4 jamoa g'oliblik uchun o'zaro kurash olib boradi.

Etiborga olish kerak bo'lgan jihatlardan asosiysi – UEFA Chempionlar Ligasi yo'lida ilk bor qo'shni Qozog'istonning "Qayrat" jamoasi ham kurashga kirishadi. Mahalliy Chempionlar yo'lida esa Freedom QJ League vice-chempioni bo'lmish Shimkentning "Ordabasi" jamoasi maydonda saf tortadi.

"Qayrat" turnir mobaynida mashhur klublar "Real", "Inter" va "Bryugge"ni mehmon qilsa, safarda "Inter", "Arsenal" va "Sporting" bilan bahs yuritadi.

Olma-otaliklar tarkibida 2007-2008 yillarda tavallud topgan futbolchilar, shuningdek, 2006 yilda tug'ilgan 3 nafar futbolchi harakat qilishi mumkin. Ahamiyatlisi, qozoq futboli yulduzi Dastan Satpaev kattalar jamoasida "Qayrat" sharafini himoya qiladi, uning do'stlari esa UEFA Yoshlar Ligasida javlon uradi.

1 sentyabr kuni Mahalliy Chempionlar yo'li jamoalari uchun qura tashlanadi. Unda "Ordabasi" ham 17 sentyabrdan 10 dekabrga qadar o'tadigan birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqich uchrashuvlarida qaysi jamoalar bilan to'qnash kelishini bilib oladi.

UEFA Yoshlar Ligasi – skautlar va murabbiylar uchun yosh iqtidorlarni kashf qilishda muhim platforma.

Ko'ramiz, kuzatamiz...


Sherzod Nurmatov

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика