"Borussiya" futbolchisini 52 mln evroga sotmadi
30 avg 2025 12:38
Yangiliklar
"Borussiya" futbolchisini 52 mln evroga sotmadi
Dortmundning "Borussiya" klubi jamoa yarim himoyachisi Maksimilian Bayerni "Brentford"ning katta taklifiga qaramay, sotmaslikka qaror qildi.
Ingliz klubi 22 yoshli germaniyalik futbolchi uchun taxminan 52 million evro to'lashga tayyor edi.
"Asalarilar" rahbariyati bu kelishuvdan bosh tortdi. Etiborlisi, Transfermarkt portali Bayerning bozor narxini 25 mln evroga baholamoqda.
Maksimilian o'tgan mavsum 46 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining mehnat shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar