So’nggi yangiliklar

15:00Аббос Файзуллаев 5-тур рамзий терма жамоасидан жой олди  1 14:34Аморим ёшлардан таркиб топган МЮ ҳақида: "Бизга вақт керак дейишни хоҳламайман, улар тайёр"  2 13:59Сурия Россияга қарши баҳсда 7 нафар асосий таркиб футболчисидан фойдаланмайди  2 13:26Мухлислар сабаб Косово терма жамоаси ўйинни тугатмай, майдонни тарк этди  5 12:35"Насаф" собиқ футболчиси Ўзбекистонга қайтмоқда  1 12:26Дэвис "Реал" олдига шарт қўйди  2 12:18Рубен Аморим: "МЮ илк кунлардан қўрқмасдан ўйнаши керак"  1 10:54Гвардиоланинг «Манчестер Сити»даги келажаги маълум  4 10:22Кеча дубль қайд этган Роналду қачон фаолиятини якунлаши ҳақидаги саволга жавоб берди  15 09:47Анчелотти истеъфога чиқарилса, унинг ўрнига «Реал»да вақтинчалик мураббий ким бўлиши маълум  5 09:10Жалолиддин Машарипов: «Ҳали ўйин тугамади...»  61 08:19Криштиану Роналду яна бир рекордни янгилади  22 07:48«Барселона»нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  8 03:40ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Гуруҳлардаги ҳолат ва мураббийлар фикри   27 02:52Миллатлар лигаси. Роналду 910-голини урди, Испанияда ғалаба, "Титанлар жанги"да дуранг ва бошқа натижалар  5

U-20 jahon chempionati statistikasi: Maradona, Messi va Holandlar nima karomat ko'rsatgan? Yangiliklar

U-20 jahon chempionati statistikasi: Maradona, Messi va Holandlar nima karomat ko'rsatgan?

Freddi Adu, Bebito, Erling Holand, Diego Maradona, Lionel Messi va Xaviga aloqador faktlar bilan tanishing.

127,000

1991 yil mezbon Portugaliya va Braziliya o'rtasidagi final o'yiniga 127 000 tomoshabin tashrif buyurdi, bu 20 yoshgacha bo'lgan jahon chempionati tarixida bir o'yinga muxlislar tashrifi bo'yicha rekord ko'rsatkich hisoblanadi. 

Manuel Rui Kosta, Luish Figu, Joau Pinto, Roberto Karlos, Paulo Nunes va Jovane Elber kabi bo'lajak yulduzlar ishtirok etishgan "Estadio da Luz"dagi bellashuvda Karlush Keyrush boshchiligidagi Portugaliya penaltilar seriyasida g'alaba qozonib, ketma-ket ikkinchi chempionlikni qo'lga kiritgandi.

Umumiy tomoshabinlar tashrifi bo'yicha esa 1983 yilgi Meksikadagi mundial eng yaxshisi hisoblanib, unda Bebeto, Dunga, Pol MakStay, Toni Polster, Oleg Protasov, Tab Ramos va Marko van Basten kabi futbolchilarga muxlislik qilish uchun har o'yinda o'rtacha 36 099 tomoshabin yig'ilgan.


15

Ushbu yosh toifasidagi turnirining 15 nafar g'olibi keyinchalik milliy terma jamoalar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozongan, bular: Diego Maradona (1979 yil U-20 jahon chempionatida g'alaba qozongan), Bebeto, Dunga, Jorjino (1983), Myuller, Taffarel (1985), Dida (1993) Iker Kasilyas, Karlos Marchena, Xavi (1999), Lionel Messi (2005), Anxel Di Mariya (2007), Alfons Areola, Pol Pogba, Florian Tauvin va Samuel Umtiti (2013).

14

Monday Odiaka Dushanba Odiaka U-20 jahon chempionati tarixidagi eng tezkor gol muallifi hisoblanadi. Nigeriyalik futbolchi 1985 yil Kanada darvozasiga atigi 14-soniyada gol urgan. Uning vatandoshi Jon Ovoeri esa 2005 yil ushbu rekorddan to'rt soniya keyin raqib darvozasini ishg'ol qilgan.


13

Jeyson Birn U-20 jahon chempionati tarixidagi eng yosh futbolchi hisoblanadi, u 1991 yil Irlandiya Respublikasi safida 13 yosh-u 3 oyligida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushgan. 

Ikkinchi o'rinda AQSH o'yinchisi Freddi Adu joylashgan. Futbolchi 2003 yil Germaniyaga qarshi maydonga tushganida, 14 yosh-u 6 oylik edi. Amerikalik o'spirin (2003, 2005, 2007) Saudiya Arabistoni vakili Abdulrahmon al Rumi bilan birga (1985, 1987, 1989) uch bor ushbu turnirda ishtirok etgan.


12

Argentina va Braziliya ketma-ket g'alaba qozonish bo'yicha etakchi sanaladi. Bebeto, Dunga, Jovani, Jorjino, Myuller, Silas, Taffarel va Cezar Sampaio "Selesao"ga 1983–1987 yillar oralig'ida ketma-ket 12 uchrashuvda g'alaba qozonishiga yordam bergan. Argentinaliklar esa Maksi Rodriges, Andres D'Alessandro, Leandro Romanoli, Xaver Saviola, Xaver Maskerano va Karlos Teves kabi futbolchilar 2001 yildan 2003 yilga qadar shuncha o'yinda zafar quchishiga yordam bergan.


11

Argentinalik Xaver Saviola bir turnirda gol urish bo'yicha rekordchi sanaladi: 2001 yilgi mundialda u 11 ta gol urgan. 1997 yil Braziliya azosi Adailton 10 ta to'p kiritgan. O'z maydonida 2001 yilgi jahon chempionatida Argentina 27 marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Umumiy gollar bo'yicha hech qaysi jamoa hali ularga tenglasha olgani yo'q.

9

Erling Holand 2019 yilgi turnirda Gondursaga qarshi bahsda raqibni 9 marta jazoladi — bu bir o'yinda bir futbolchi tomonidan urilgan eng ko'p gol sanaladi. O'sha uchrashuvda 12:0 hisobida g'alaba qozongan Norvegiya musobaqa tarixidagi eng yirik hisobni qayd etdi, ammo mazkur g'alaba ham jamoaga guruhdan keyingi bosqichga chiqish uchun etarli bo'lmadi. Turnirdagi ikkinchi eng yirik hisob 1997 yil sodir bo'lgan, unda Braziliya Belgiya darvozasiga javobsiz 10 ta to'p kiritgan.


8

Les SHaynflyug murabbiy sifatida Avstraliya bilan 8 marotaba ushbu turnirda ishtirok etgan. Bu borada ikkinchi eng yaxshi ko'rsatkich Ispaniya bilan besh marta musobaqada qatnashgan CHus Pereda hisoblanadi. O'z navbatida, Xose Pekerman U-20 jahon chempionatida Argentina bilan to'rt marotaba ishtirok etib, shularning uchtasida chempionlikni qo'lga kiritgan.

7

20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi ketma-ket ettinchi jahon chempionati turnirning amaldagi g'olibisiz o'tkaziladi. 2019 yil so'nggi bor g'olib bo'lgan Ukraina, 2017 yilda Serbiya, 2015 yilda Franciya, 2013 yilda Braziliya, 2011 yilda Gana va 2009 yilda Argentina shohsupaga ko'tarilib, navbatdagi turnirda ishtirok eta olmagan.


6

Argentinada kichik mundial doirasida oltita titul mavjud, Braziliyada esa undan bitta kam. So'nggi to'rtta kubok Evropaga yo'l olgan, oxirgi o'nta musobaqaning faqat bittasida titul "Ko'hna qita"ga nasib etgan.

4

Yuriy Sivuha maydonda o'ynagan daqiqalaridan ko'proq seyv amalga oshirgan. Tunisdagi mundialda u atigi uch daqiqani maydonda o'tkazgan. Musobaqaning yarim finali doirasida Urugvayga qarshi bahsning 119 daqiqasida SSSR posboni zaxiradan maydonga tushirilgan Sivuha penaltilar seriyasiga raqibning ikki zarbasini qaytarib, jamoasiga final yo'llanmasini taqdim etadi. Jamoa murabbiyi Sergey Mosyagin finalda ham ushbu uslubni takrorlaydi va qo'shimcha bo'limlar yakunlanishiga ikki daqiqa qolganda Yuriyni o'yinga tashlaydi. Darvozabon esa yana ikkita penaltini qaytaradi va o'zi ham gol urib, jamoasiga titul taqdim etadi.


4

Nigeriya 1989 yil Saudiya Arabistonida o'tkazilgan mundialning chorak finalida SSSRga qarshi bahs olib boradi va 0:4 hisobida mag'lub bo'la turib, sensacion tarzda hisobni tenglashtiradi. U-20 jahon chempionati doirasida mag'lubiyatga uchrayotgan boshqa hech bir jamoa uchtadan ortiq to'p kiritgani yo'q. Uchrashuv yakuniga yarim soat qolganda sovet jamoasi 4:0 hisobida oldinda borayotgandi. Ammo 21 daqiqa ichida ular darvozasidan to'rtta to'p olib chiqdi va o'yin qo'shimcha bo'limlarga qadar davom etdi. "Dammam mo'jizasi"da Nigeriya penaltilar seriyasida g'alaba qozonib, keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan. SSSR yoshlari tarkibidagi noaniq penaltini esa yosh futbolchi Mirjalol Qosimov amalga oshirgandi.


0

Birorta xorijlik murabbiy U-20 jahon chempionatida g'olib chiqmagan. Faqatgina ikkitasi finalga qadar etib borgan: 1981 yilgi turnirda Evaristo de Masedo Qatar murabbiyligida G'arbiy Germaniyaga yutqazgan bo'lsa, 1999 yil Filipp Trusse qo'l ostidagi Yaponiya hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga imkoniyatni boy berib qo'ygan.


Yoshlar termasidagi shonli yo'lini davom ettira olgan o'zbekistonliklar 

U-20 jahon chempionati. Maskerano tanlagan 21 nafar futbolchi 

U-20 Jahon chempionatining barcha "Oltin to'p" sohiblari: Maradona, Prosinechki, Saviola, Ismoil Matar, Messi, Aguero, Pogba va boshqalar 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика