Maskerano: "Men uchun Messi – futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi"
10 iyu 14:33
Yangiliklar


Maskerano: "Men uchun Messi – futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi"
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xaver Maskerano MLS'ning navbatdagi turida "Nyu-Inglend Revolyushn" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) Lionel Messining o'yinini yuqori baholadi.
38 yoshli argentinalik futbolchi ushbu bahsda dublga erishdi.
"Men har doim Leo ajralib turadigan o'yinchi ekanligini aytaman. Men uchun u bu sport tarixidagi eng yaxshi futbolchi. U ko'p yillar qilgan ishini hozir ham davom ettirmoqda, bu aqlga sig'maydigan narsa. U o'zgacha futbolchi va tarkibimizda unga ega bo'lishdan baxtiyormiz.
Buskets va Messi ko'p yillar davomida [birga] o'ynashadi, shuning uchun ular bir-birlari bilan umumiy tilni osongina topishadi, ikkinchi golda shu yaqqol ko'rindi. Serxio Leo qachon va qaerda to'pni qabul qilmoqchi ekanligini tushunadi", – dedi Maskerano.
"Inter Mayami" 35 ochko bilan Sharqiy konferenciyada 5-o'rinda bormoqda. "Nyu-Inglend" esa 24 ochko bilan 11-pog'onaga joylashgan.
O’xshash yangiliklar
10:55
"Inter Mayami" g'alaba qozondi, Lionel Messi esa ketma-ket to'rtinchi o'yinda dubl qayd etdi 27

Fikrlar