Diyor Imomxo'jaev: "Faqat xato qilgan hakam emas, klub ham jazolanishi kerak"
11 iyu 13:37
Yangiliklar


Diyor Imomxo'jaev: "Faqat xato qilgan hakam emas, klub ham jazolanishi kerak"
U 2024 yildagi hakamlik bilan bog'liq voqealarni unutolmasligi va aybdorlarning barchasi jazolanishini kutayotganini bildirdi.
"Hakamlik va uning atrofidagi munosabat bo'yicha juda ko'p fikrlarim bor. Biroq efirda bildirishni xohlamayman. Aytishim mumkin bo'lgan narsa, menga ikki marta hakamlarga javobgarlikni taklif etishgan, men esa rad etganman.
O'tgan yili ham nimadirlar bo'lgan bo'lsa, qaysi biridir ataylab qilinmaganiga siz kafolat berolmaysiz-ku. Bu juda og'ir mavzu. Kimdir menga hakamlik haqida yozsa, jahlim chiqib ketadi. Oldingiga nisbatan xotirjam odamga aylanganman. Ammo hakamlik bo'yicha kamchiliklarni mendan so'rashlari yoqmaydi. Meni Liga rahbari sifatida taniysiz, men biror marta tayinlovlarga aralashmaganman.
Men talab qiladigan yagona narsa – xato qilgan odamning jazolanishi. Jazolanganda faqat hakam emas, klub ham jazo olishi kerak. Etika qo'mitasining oxirgi yig'ilishida hakamlik masalasi ko'rib chiqilgan. Bundan PFLning ko'ngli to'lmagan va qayta shikoyat kiritgan. Ish qayta ko'rib chiqilib, tomonlar tegishli jazosini olishi lozim. Kutib o'tibmiz hozir.
Kimlar uchundir 2024 yilgi bu mavzu unutilgandir, bundan manfaatdor tomonlar bor. Biroq men uchun tugamadi, buni unutishni xohlamayman", – dedi Imomxo'jaev.
"90minutuz" podkasti to'liq holda:
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Ёмон ҳакамликдан КЛУБЛАР ни ҳимоя қилингда ахир. Биттаси КТС ПФЛ ишимас деб ёзибди, ўйинларни ташкиллаш кимни иши, албатта ПФЛ ники. Комиссар бир кун олдин бориб ташкиллаш керакда ўйин бошланган вақтга бормасдан.
Ютуқлар бор, улар ўзимизники. Камчиликларимизни айтиш бу Негатив эмас.