Tyonnis: "Biz "SHalke"ning natijalarini ko'rib chiqamiz va kerakli qarorga kelamiz"
06 okt 2014 18:43
Yangiliklar


Tyonnis: "Biz "SHalke"ning natijalarini ko'rib chiqamiz va kerakli qarorga kelamiz"
"SHalke-04" rahbariyati jamoaning Germaniya chempionatidagi ishlaridan ko'ngli to'lmayapti.
Bu haqida klub nazorat kengashi vakili Klemens Tyonnis malum qildi. SHu sababli 7 otkyabr kuni "SHalke"da mana shu savollar bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tadi.
"Biz vaziyatni ko'rib chiqamiz va jamoaning bunday natijalari sababini ko'zdan kechiramiz. Keyin esa kerakli qaror chiqaramiz" - deydi Tyonnis.
Eslatib o'tamiz, etti turdan so'ng "SHalke" sakkiz ochko to'plab, turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar