Tuxel: "Evropa Ligasi sovrini tez orada Unai Emeri sovrini deb o'zgartiriladi!"
11 avg 2021 08:53
Yangiliklar


Tuxel: "Evropa Ligasi sovrini tez orada Unai Emeri sovrini deb o'zgartiriladi!"
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Vilyarreal"ga qarshi UEFA Superkubogi o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Yangi mavsumni navbatdagi evrofinal bilan boshlashdan ko'ra yaxshisi yo'qdir. Unai Emeri va "Vilyarreal"ga katta hurmat ko'rsataman. Evropa Ligasi sovrini tez orada Unai Emeri sovrini deb o'zgartiriladi! U aqlbovar qilmas. Raqibning o'yinga yo'qotadigan hech narsasi yo'qligini his qilib maydonga tushishiga ishonchim komil. Biz kubokni olish uchun barchasini qilamiz", - deydi Tuxel.
Eslatib o'tamiz, "Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri 4 bor Evropa Ligasini qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar