"Turon" Qozog'iston vice-chempionini mag'lub etdi
08 fev 2023 21:06
Yangiliklar


"Turon" Qozog'iston vice-chempionini mag'lub etdi
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan Yaypanning "Turon" klubi Qozog'iston vice-chempioni "Aktobe" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
O'yinda faol harakat qilgan vodiy klubi har ikkala taymda raqib darvozasini bir martadan aniq nishonga oldi. Ikkinchi bo'limda Qozog'iston klubi ham "Turon" darvozasiga yo'l topdi. SHunga qaramay, yaypanliklar g'alabani tantana qildi.
"Aktobe" (Qozog'iston) - "Turon" (O'zbekiston) 1:3
Gollar: Azim Ahmedov, 32 (0:1), Xumoyun Murtozaev - pen., 46 (0:2), Dmitriy Yashin-pen., 56 (1:2), SHohnazar Norbekov 86.
"Turon": To'xtaboev, CHichinadze, Avilov, CHobanov, Muxtorov, Ahmedov, Abduraimov, Ro'ziev, Toshmirzaev, Stoilkovich, Murtozaev
Zaxira: Davronov, Toshtemirov, Aliev, Abdurashidov, Kamolov, Isakov, Ibragimov, Norbekov
"Aktobe": Lobancev, Gadrani, Yashin, Qibiray, SHomko, Julla, Eremenko, Raichkovich, Ruslanuli, Baytana, Videmon
O’xshash yangiliklar

Fikrlar