"Beshiktosh"ga yangi murabbiy tayinlandi
01 sen 2025 12:25
Yangiliklar
Istanbulning "Beshiktosh" klubi o'zining rasmiy sayti orqali jamoaga yangi bosh murabbiy etib Sergen Yalchin tayinlanganini elon qildi.
52 yoshli mutaxassis klub bilan shu va keyingi mavsum uchun mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq "Beshiktosh" Konferenciyalar Ligasi saralashida "Lozanna"ga mag'lub bo'lgan (1:1, 0:1) Ole-Gunnar Sulsherni istefoga chiqargandi.
Yalchin 2020/2021 yilgi mavsumda "Beshiktosh"ni boshqargan. O'shanda jamoa bilan chempionlik va Turkiya Kubogini qo'lga kiritgan.
Sergenning avvalgi ish joyi "Antalyaspor" edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar