Transfermarkt O'zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlarini elon qildi
23 noy 2022 17:16
Yangiliklar
Transfermarkt O'zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlarini elon qildi
Unga ko'ra "Navbahor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov, "Olimpik" vakillari Ruslan Jiyanov, Otabek Jo'raqo'ziev va Saidazamat Mirsaidovning narxi eng ko'p ko'tarilgan - 200 000 evro. Husniddin Aliqulov, Zoran Marushich, Jamshid Boltaboev, Umarali Rahmonaliev, Muhammadqodir Hamraliev va Abbosbek Fayzullaevning narxlariga 150 ming evro qo'shilgan.
Transfer narxi eng ko'p pasayganlar orasida "Bunyodkor" legioneri Pavel Mogilevec birinchi o'rinda. Uning transfer narxi 300 000 evroga kamaydi. Bu mavsum juda kam maydonga tushgan "Navbahor" vakili Nurillo To'xtasinovning narxi 250 000ga kamaydi. "Surxon" hujumchisi Manel Martines va "Navbahor" himoyachisi Egor Krimecning narxlaridan 150 000 evro minus bo'ldi. "Dinamo" legioner posboni Miloe Prekovichning narxlari 125 mingga kamaydi.
Yangilanishdan keyin ham Odiljon Hamrobekov Superligamizning eng qimmat futbolchisi bo'lib turibdi. Uning hozirgi transfer narxi 1 000 000 evroga teng.
Ikkinchi o'ringa "Nasaf" hujumchisi Husayn Norchaev chiqib oldi - 900 000 evro. Husniddin Aliqulov, Dostonbek Hamdamov, Rustam Ashurmatov va Sardor Sobirxo'jaevning narxlari 850 000 evroga teng. TOP-10dan Jamshid Iskanderov, SHohruz Norxonov, Hojiakbar Alijonov va Oybek Bozorov kabi futbolchilar ham o'rin olgan.
Barcha o'zgarishlar bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishish mumkin.
Fikrlar