So’nggi yangiliklar

21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  0 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  0 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  3 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  1 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  16 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   7 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  23 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  7 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1

"Transfer narxim hozir 200 mln evro bo'lardi". Futbolda himoyachilar narxini suniy ko'tarib yuborishdi Yangiliklar

"Transfer narxim hozir 200 mln evro bo'lardi". Futbolda himoyachilar narxini suniy ko'tarib yuborishdi

Ferdinand munozarali mavzuni o'rtaga tashladi.

Rio Ferdinand himoyachilar transferi uchun bunday raqamlarni qaerdan olishayotganini tushunmayapti:

Mening transferim uchun yuz million funt juda kam. To'g'risi, bugungi bozor narxida men uchun 170 mln funt to'lash va haftasiga 400 ming maosh berishlariga to'g'ri kelardi".

170 mln funt bu 198 mln evro. Rioning kamtarligiga havas qilsa arziydi, lekin yosh Maldini va Nesta transferi uchun kurashni tasavvur qilib ko'ring. Yosh Ramos kamida, hozir "Man Siti"ga o'tayotgan Gvardiol kabi, 120 million evroga baholansa kerak edi. SHuningdek, ECHLning amaldagi g'olibi PSJdan Xakimini sotib olmoqchi.

Yigirma yil oldin himoyachi uchun 46 mln evro juda katta summa edi. O'shanda MYU Ferdinandni aynan shunchaga sotib olgan. Hozir esa Romero qimmatroq bo'ldi. "Tottenxem"dagi jahon chempioni esa jamoasini ECHL finaliga olib chiqadigan himoyachi emasligini, hurmatni saqlagan holda, u hali beri Ferdinand darajasiga eta olmasligini takidlash lozim. Uning transferi esa himoyachilar ichida bor yo'g'i 20-o'rinda.

Ushbu reyting oxirgi bir necha yilda keskin o'zgarib ketdi. "Kuchli o'nlikda" faqatgina 1ta transferning "yoshi 5dan oshgan".


Maguyar, de Ligt va Kukurelya ishonchni oqlamadi

MYU Xarridan qutilish uchun pul qo'shib berishga rozi. "Yuventus" xursand bo'lib de Ligt bilan xayrlashdi. Kan va Salixamijich yosh gollandiyalik uchun 67 mln evro to'lashdi, italiyaliklar esa u uchun 85.5 mln evro to'lagandi. Hattoki van Deyk o'tgan yili nima uchun "Liverpul" darajasidagi klubda ancha kech paydo bo'lganini eslatib qo'ydi.

Gollandiyalik markaziy himoyachi ko'rsatkichlari ajoyib, lekin Virjil futbol tarixidagi eng zo'rlaridan emasligi aniq. Eng qimmat himoyachilar beshligida yana Fofana ham bor. Hali vaqt bor, biroq bu transfer ham o'zini oqlamasligi mumkin. Sababi "CHelsi" iqtidorli futbolchini biroz noqulay vaqtda olgandek. Agarda Pochettino francuz bilan do'stlasholmasa, Uesli Londonni tark etishi ham hech gap emas.

Lyuka Ernandes esa "Bavariya"ni tark etyapti. Biroz g'alati tuyulishi mumkin, ammo himoyachilar narx-navosining oshib ketishida nafaqat APL klublari, balki nemis chempioni ham aybdor. Myunxenliklar de Ligt va Ernandes uchun katta pul ishlatishdi, ammo Lam singari o'n yillab yuqori darajada to'p tepadigan klub afsonasiga ega bo'lishmadi.

Gvardiolaning (sobiq) jamoalari himoyachilar uchun katta mablag' sarflashni yaxshi ko'radi. Xosepda hozir ham Diash bor. Ruben yaxshi himoyachi, lekin 71.6 mln evro bu ko'proq. Kanselu bor, lekin Joau murabbiy bilan kelisholmay qoldi va Uoker katta ehtimol jamoadan ketishini inobatga olib, "shaharliklar" Xakimi "oviga" chiqqan.

Mendi, Stounz va Lyaport kattagina summa evaziga "shayxlar" safiga kelib qo'shilgan, xuddi Kayl kabi. Benjamen ayniqsa hafsalani pir qildi, keyin qamoqqa ham tushdi. SHuningdek, "CHelsi"ning yangi futbolchisi Kukurelyani ham unutmaslik lozim. Pochettino kelgach, asosiy tarkibga yana angliyalik CHiluell qaytish etimoli bor.

O'shanda, bir yil avval 65.3 mln evroga sotib olingan, ispaniyalik boshqa klub qidirishiga to'g'ri keladi. APL jamoalari himoyachilarning narxi o'sib ketishidagi 70 % "aybni" o'z bo'ynilariga olishlari zarur. Tarixdagi eng qimmat himoyachilar TOP-25dan 17 nafari — bu ingliz klublari uchun futbolchilar.


Etakchi himoyachilar yo'qolib ketdi

Futboldagi buyuk sardorlarning aksari – buzuvchilar. Bekkenbauer, Karlos Alberto, Terri, Mur, Maldini, Kin, Adams, Barezi, Puyol, Zanetti, Desham va Yerro to'pni olib qo'yish, raqib hujumini buzish bilan nom chiqargan. Bu ro'yxatdan faqatgina ikki nafari hujumda ham malakaga ega, ammo universallik ularning asl ustunligini yopib yubormaydi.

Hozir esa eng qimmat deyilgan himoyachilarda ham u kabi avtoriteti yo'q. Maguayr MYU tarixidagi eng bahsli sardorlardan biri. De Ligt etakchi emas. Van Deyk termada sardorlik bog'ichiga ega, ammo na Evropa, na Jahon chempioni bo'ldi. U etakchi sifatida harakat qilganda terma jamoa yirik musobaqalarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.

Fofana va Ernandes, Diash va Xakimi, Kukurelya va Kanselu qanchalik harakat qilmasin, jamoasida avval Zanetti, Terri va Maldinida bo'lganidek obro'ga ega emas. Vaholanki jahon chempionatlari g'oliblari sardori aynan himoya uchun javobgar shaxslar bo'lgan: Loris, Lam, Kasilyas, Kannavaro, Kafu, Desham va Dunga.

Agarda xavbek va darvozabonlarni to'liq olib tashlansa ham, etakchilik hislatlariga ega himoyachilar etarlicha. Hozir esa... 

"Manchester Siti" g'alabasi esa faqatgina Diashning zo'r o'yini emas, Xolandning gollari, De Bryuynening uzatmalari, Ederson seyvlari, Rodrining to'pni olib qo'yishlaridan iborat bo'ldi. Ustiga-ustak Uoker, Ake va Stounz ham Gvardiola himoyasining qimmatli bo'laklari. SHunday ekan muvaffaqiyatni barchaga bo'lishga to'g'ri keladi.


Juda katta pulga sotib olingan futbolchining o'ziga ham qiyin

Afsus, FIFA hamon transfer bozoridagi vaziyatni tartibga solmayapti. CHunki futbolchilarning o'zi ham bundan aziyat chekmoqda. Maguayr agarda 40 mln evroga transfer qilinganida "Manchester Yunayted"da o'ynashi osonroq bo'lardi. Xakimi 45 millionga va Lyaport 20 millionga xarid qilinganida o'yiniga ancha mos baho bo'lardi.

Yana o'sha Van Deykning Salaxdan ikki barobar qimmat bo'lishi, aqlbovar qilmas bir holat. SHunchaki, o'sha payt "Manchester Siti" ham gollandiyalik himoyachini sotib olmoqchi bo'lgan va Klopp Gvardiola taklifidan ko'proq berishi talab qilingandi. Virjil nisbatan o'ynab keta oldi, ammo buyog'iga himoyachilarning 100 million evrolik omadsiz transferlarga yo'l ochib berdi.

Neymar, Azar, Pogba va boshqalar transferiga sarflangan pullarni oqlashmadi. "Leypcig"da to'p tepayotgan yosh xorvatga bonuslarsiz 120 million to'lansa, butun futbol o'ziga xos xavf ostida qolmoqda. Mbappe transferiga sarflangan pullarning bir qismini reklama hisobiga qoplamoqda.

Narxi o'ta baland himoyachilardan faqatgina van Deyk marketing talablariga mos tushadi, ammo Virjil Neymardagidek muxlislar bazasiga ega emas. Bundan kelib chiqadiki yarim himoyachi va hujumchilarga asl narxidan ko'proq sarflashdan ko'ra, himoyachilarga katta pul sarflash marketing tomonidan ham manfaatli emas.

Eng achinarlisi, bunday transfer bozoridagi vaziyatni o'zgartirish uchun hech nima qilishmayapti. Bazi qonunlar klublarni muammolar girdobidan qutqarishi mumkin edi. Albatta, gap faqatgina himoyachilar haqida emas. Biroq to'pni olib qo'ya oladigan istalgan "nouneym" uchun narx 50 mln evrodan boshlansa, o'ylab ko'rish vaqti kelgandek.

Gvardiol – zo'r yosh futbolchi, lekin 120 mln evro juda ko'p. Kimdir ishonch bilan Yoshko Manchesterda, faqat boshqa rangli futbolkalarda o'sha Rio Ferdinand darajasiga chiqa oladi deb aytoladimi? Misol uchun Xoland Gvardiola jamoasiga 60 mln evroga tushdi.

Ha, agent va futbolchining otasiga komissiya pullari bo'lgan, lekin gap klubning yuzi bo'ladigan top forvard haqida ketmoqda. Gvardiola jamoasida 40 mln evrodan qimmatroq 7 nafar himoyachi bo'lgan bir pallada, yana bir markaziy himoyachi uchun deyarli ikki barobar ko'proq pul to'lash... SHayxlar ko'ngliga nima kelsa, shuni qilmoqda.


Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика