"Tottenxem" va "Liverpul" sobiq futbolchisi SHukurovning jamoadoshiga aylandi
29 avg 2022 10:47
Yangiliklar
"Tottenxem" va "Liverpul" sobiq futbolchisi SHukurovning jamoadoshiga aylandi
Himoyachi Stiven Koker "Fatix Karagyumryuk" bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Serra-Leone terma jamoasida o'ynaydigan 30 yoshli angliyalik bilan 2024 yilning yoziga qadar bitim tuzildi. U hamyurtimiz Otabek SHukurov harakat qiladigan va Andrea Pirlo qo'l ostidagi jamoada to'p tepadi.
Koker faoliyati davomida "Tottenxem", "Kardiff", KPR, "Liverpul", "Alanyaspor" va "Fenerbaxche" jamoalarida harakat qilgan.
Koker o'tgan mavsumni "Gaziantep"da ijarada o'tkazdi. U Turkiya chempionatida 25ta o'yinda 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar