"Tottenxem" stadion nomining sotuvidan 375 million funt foyda ko'rmoqchi

Alisher
19 dek 2019, 13:45
"Tottenxem" stadionining nomini sotib oluvchi xaridor qidirmoqda.

London klubi ehtimoliy xaridor bilan yiliga 25 million funt sterling miqdoridagi shartnoma imzolamoqchi.

Hozircha biron-bir kompaniya bu shartlar asosida shartnoma imzolash istagini bildirmayapti.

"Tottenxem" 375 million funt sterling ishlab olish maqsadida nomni 15 yilga sotmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "shporlar"ning yangi stadioni 2019 yilning 3 aprel sanasida ochilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Telegraph