Tottenxem Nike kompaniyasidan yiliga 30 million funt oladi
31 dek 2016 15:30
Yangiliklar
Tottenxem Nike kompaniyasidan yiliga 30 million funt oladi
Tottenxem Nike kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi.
Besh yil davomida London klubining texnik hamkori Under Armour bo'lgandi. Tottenxem bu davr mobaynida jami 50 million funt ishlab oldi.
Keyingi mavsumdan Nike kompaniyasi texnik hamkorga aylanadi. Tottenxem bu shartnoma orqali yiliga 30 million funt ishlab topadi.
Balki Nike keyinroq London klubining yangi stadioni nomini ham sotib olishi mumkin. Stadion 2018/19 yilgi mavsum boshiga ishga tushirilishi kutilmoqda.
Fikrlar