"Tottenxem" Karrasko bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. "Atletiko" uni sotmoqchi emas, tovon puli – 60 mln evro
30 avg 2022 11:50
Yangiliklar
"Tottenxem" Karrasko bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. "Atletiko" uni sotmoqchi emas, tovon puli – 60 mln evro
Yarim himoyachi Yannik Karrasko ushbu yozda "Atletiko"dan ketishi mumkin.
"Tottenxem" belgiyalikning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Futbolchi anchadan beri jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontega yoqadi.
Karrasko uchun tovon puli 60 mln evroga teng, ammo bitim arzonroqqa amalga oshishi kutilmoqda. "Atletiko" qishdagi muzokaralar davomida futbolchi uchun 30 mln evro so'radi.
Jurnalist Ruben Uriyaning xabariga ko'ra, ispan klubi yarim himoyachini sotmoqchi emas va yagona variant sifatida tovon pulini to'lash ko'rilmoqda.
Karrasko o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar