So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  9 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

Toshkentda UEFA vakili bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi Yangiliklar

Toshkentda UEFA vakili bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Xabaringiz, bor ayni kunlarda UEFAning Assist loyihasi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Eva Paske boshchiligidagi UEFA delegaciyasi O'FAning ish yuritish uslubi, bo'limlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Kamchiliklar yuzasidan xulosa va takliflar bildirildi.

Kecha poytaxtimizdagi "Hilton" mehmonxonasida tashrif nihoyasi doirasida O'FA birinchi vice prezidenti Ravshan Ermatov, Eva Paske va OAV o'rtasida matbuot anjumani o'tkazildi. Unda jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Ravshan Ermatov (O'FA birinchi vice-prezidenti): Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar va ommaviy axborot vositalari. Bilasiz, besh kundan beri UEFA bilan hamkorlik doirasidagi ishlarimizni matbuot orqali elon qilib bordik. Biz bu loyihani juda uzoq kutdik. Olti oy davomida muzokaralar olib bordik. Nega aynan UEFA bilan hamkorlikni yo'lga qo'yyapmiz? FIFAning oltita konfederaciyasi bo'lsa, ular orasida ishni eng professional tarzda to'g'ri yo'lga qo'yilgani, eng rivojlangani UEFA hisoblanadi. Bilamizki, xalqimizda “Beshikdan qabrgacha ilm izla” degan maqol bor. Biz eng yaxshilaridan o'rganishni xohlaymiz. Ulardan andoza olib, o'zimizni futbolda joriy etmoqchimiz.

Barcha bolalar va o'smirlar futbol maktablarida, futbol maxorat maktablarida, klublar qoshidagi akademiyalarda Evropa uslubini qo'llamoqchimiz. Ular 20, 30 yil oldin boshlagan tajriba bugunga kelib doimiy ravishda natija berib kelmoqda. Biz UEFA tajribasini o'rgangan holda mutaxassislarni taklif qilishga qaror qildik, buning uchun ularga rahmat aytib qolamiz. Katta delegaciya bilan kelib barcha soxalarda bolalar futboli, marketing, media, boshqaruv, PFL, klublar borasida tahlil qilib o'z maslaxatlarini berishdi. Mana, 2021 yildan boshlab homiylik masalasini ham qaytadan ko'rib chiqamiz. Bilasiz, futbolimiz boqimandalik ruhida yashab kelmoqda. Klublarimiz ham bir kunlik hayot bilan yashashdan nariga o'tmayapti. Bir yillik shartnomalar tuzishadi, ertangi kun bilan hech kimning ishi yo'q. Biz kelajakni o'ylagan holda ish tutmasak tizimli natijaga erisha olmaymiz. Faqat omadga ishonib, milliy terma jamoaga etibor berib, pastga nazar solmaydigan paytlar o'tib ketdi. Tizimli ravishda pastga ham etibor berishni boshlaganmiz. Hozirda milliy jamoa murabbiylari ham qaysi futbolchini maydonga tushirishga boshi qotgan. Boisi, katta raqobat yuzaga kelmoqda.

Avvalari, terma jamoaga 25, 30 nafar futbolchi etkazib berilayotgan bo'lsa, hozirga kelib bu sona ancha oshdi. Futbol birinchi raqamli sport turi bo'lgan yurtimizda yuzlab, minglab futbolchilar bo'lishi kerak. Buning uchun biz barcha futbol maktablarini, akademiyalarni infratuzilmasi, futbol maydonlari, murabbiylarning malakasi, futbol to'plari, invenatarlarni sifatiga etibor qaratshimiz lozim.



Eva Paske (UEFA vakili): Matbuot anjumaniga tashrif buyurganingizdan xursandman. Futbol OAVsiz bo'lmaydi. Jurnalistlar futbolning katta qismi hisoblanadi. Taklif uchun O'FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Men O'zbekistonga ohirgi marotaba 14 yil oldin kelgandim. O'zgarishlarni ko'rib hayron qoldim. Bilamiz, O'zbekiston OFK azosi sanaladi. Bizning vazifamiz boshqa konfederaciyalardagi mamlakatlarga o'zimizni amaliy yordamimizni ko'rastish. Bizda turli tuman dasturlar mavjud. Bu har bir assotsaciyaning salohiyatini yanada oshirishga hizmat qiladi. Bolalar futboli, o'smirlar futboli va boshqa sohalar. Misol tariqasida aytishim mumkinki, yaqinda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Belorusda UEFA tomonidan tashkil etilgan xalqaro musobaqada ishtirok etdi. Bundan tashqari ikki marotaba infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikni yo'lga qo'ydik. UEFA barcha uchun ochiq, barchaga imkoniyatlar berishga tayyor. Kelishimizdan ko'zlangan asosiy maqsad boshqaruv sohasini o'rganish edi. Besh kun davomida turli seminarlar o'tkazdik, maslaxatlarimizni berdik. Assotsaciyani tarkibiga kiruvchi hamma bo'limdagi xodimlar bilan suhbat o'tkazdik. Menga yurtingizda futbolga hukumat darajasida etibor qaratilishi yoqdi. Bu ayrim mamlkatlarda yo'q.

- Besh kun mobaynida O'FA faoliyati UEFA vakillari tomonidan o'rganildi. Aynan qaysi jihat sizda yuqori taasurot qoldirdi?

Eva Paske: - Birinchi ijobiy jihat rahbariyat. Ular futbolga nima kerakligini, ehtiyojlarini, juda yaxshi bilishadi va yaxshi tushunishadi. Ikkinchi ijobiy jihat yuqorida aytib o'tganimdek mamlakat prezidenti tomonidan etibor yuqori darajada. Uchinchisi viloyatlardagi futbol. Hududiy futbol assotsaciyalari yaxshi yo'lga qo'yilgan. Viloyatlarda futbolni rivojlantirish orqali katta natijaga erishish mumkin.

- UEFA assist loyihasi turli terma jamoalarimizni Evropa jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishga yordam beradimi?
Eva Paske: - Dastur nomidan malumki, assist yordam berish degani. Futbolni umumiy rivojlantirishga yordam ko'rstadi. Milliy terma jamoa biz uchun rivojlanishning yakuniy bosiqichi sanaladi. Evropaning turli terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish uchun imkoniyat bor. Hozirda Evropada millatlar ligasi musobaqasi joriy qilingan. Ko'plab guruhlar to'rtta jamoadan tashkil topgan. Faqat, ayrim guruhlarda uchtadan jamoa bor. Bu guruhdagi termalar o'zlari uchun o'rtoqlik o'yinlariga raqib izlashdan manfaatdor. SHuningdek, xalqaro turnirlar, musobaqalar bor. O'smirlar, yoshlar, ayollar terma jamoalarini Evropadagi turli musobaqalarga taklif qilamiz.



- Sobiq Ittifoq davrida O'zbekiston 15 ta mamlakat qatori UEFAga azo bo'lgan. Keyinchalik, Qozog'iston 2002 yilda Evpopaga o'tdi. Hozirga kelib futbolimiz ancha rivojlandi. Ulardan o'rganshimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p. O'zbekistonni UEFAga o'tish masalasini ko'tarsa bo'ladi?
Ravshan Ermatov: - Birinchi marotaba UEFA bilan bu darajada hamkorlik qilmoqdamiz. Bu hamkorlikni sababi yurtimizda futbolni yuqori saviyaga olib chiqish. Lekin, siz aytgan savol o'rtaga qo'yilmagan. Biz OFK azosimiz. Hozirgi ishimiz shunchaki piar uchun emas. Odamlarda O'FA Evropa bilan hamkorlik qilyapti, o'zini ko'ratyapti degan fikr bo'lmasligi lozim. Biz oddiy hamkor emas, do'st sifatida birga ishlashni istaymiz. Do'st doim kamchiligingizni yuzingizga aytadi. Keli maqatab, fikr bildirib ketishi kerak emas. Biz bundan o'zbek futboliga faqat foyda olamiz.

- Translyaciyalarda kamchiligimiz bor. Oddiy takroriy efirlarda ham sifat yaxshi emas...
Ravshan Ermatov: - Translyaciyalarda yildan yilga o'sish kuzatilmoqda. Prezidentimizning Farmonlarida ham qayd etilgan, har bir viloyat televideniyasi oltitadan zamonaviy kameralarni sotib oladi. 2021 yildan boshlab har bir viloyat stadionida oltita kamera sifatli yoritishga harakat qiladi. Mana, “Surxon” va “Bunyodkor” jamoalari o'rtasidagi bahsda bitta kameradan suratga olingan. Takroriy lavhalari ham sifatsiz Hammasini bir kunda qilish qiyin. Juda katta mablag' talab qiladi. Stadionlarimizda ham kamchiliklar bisyor. Aslida oltita ham etarli emas. Biz minimum talabni qo'yyapmiz. Ayrim o'yingoxlarda oltita kamerani qo'yish uchun joy yo'q. 2020 yilda Superliga jamoalari kameralar uchun joylarni, rakurslarni to'g'irlab olishadi. Ikkinchi davradan bu tajribani boshlaymiz nasib qilsa.

- Evropa chempionati, UEFA chempionlar ligasi va Evropa ligasi o'yinlariga o'zbekistonlik jurnalistlar uchun akkreditaciyalar sonini oshirishni iloji bormi?
Eva Paske: - Bilasizmi bu masalada men hech nima deya olmayman. Bu borada yaxshisi UEFA matbuot xizmatiga qo'ng'iroq qilganingiz maqulroq.

- Stadionlarimizda o'yinash uchun maydon chimi sifati unchalik yaxshi emas. Bu borada UEFA vakillari yordam beradimi?
Ravshan Ermatov: - Ular Toshkent shahar futbol maxorat maktabida yordam ko'rsatishdi. Kiyinish xonalari, muxlislar uchun o'rindiqlar va boshqa qulayliklar yaratildi. Biz UEFA bilan hamkorlikni davom ettiramiz, to'xtab qolmaymiz. Futbolimiz infratuzilmasi uchun yordam berishsa xursand bo'lamiz.



- Hurmatli Eva Paske honim O'FA va PFL faoliyatini o'rgangan bo'lsalar qanday kamchiliklarni ko'rdilar?
Eva Paske: - Kamchiliklar haqida ko'p to'xtalishni istamasdim. Ammo, ko'plab associaciyalarda kuzatiladigan holat yoshlar va bolalar murabbiylarining etishmasligi. Biz ularga ko'proq imkoniyat va sharoitlar yaratshimiz kerak. Moliyaviy tomondan rag'batlantirishimiz, malakasini oshirishimiz lozim. Yaxshi murabbiy bo'lmasa, yaxshi futbolchi ham etishib chiqmaydi. Murabbiylar tezroq kattalar jamoasiga o'tishni, u erda ko'proq pul topishni o'ylashadi.

Ravshan Ermatov (O'FA birinchi vice prezidenti): Paske honimning gaplarini to'ldiraman. Ayni paytda yurtimizda 285 ta futbol maktablari bor. Oxirgi to'rt oy ichida barcha hududdagi futbol maktablarini o'rgandik. Birorta etiborsiz qolmagan futbol maktablari qolmadi. SHu paytgacha birorta futbol rahbari qadam qo'ymagan joylar ham borligini aytishdi. Odamlarni ko'zida ishonch borligini ko'rdik. Yuqorida sanab o'tilgan maktablarda 1459ta futbol murabbiy, 44 mingdan oshiq futbolchi bor. Deyarli 200ta futbol maktablari hozirgi zamon talablariga javob bermaydi. Bitta to'p bir mavsumga etishi kerak. Lekin, taminotdagi futbol to'plari ham sifatsiz. Tahlil qilib sanashimiz natijasida bitta to'p to'qqizta bolaga to'g'ri kelmoqda. Mingdan oshiq murabbiylar etishmayapti. Joriy yilni o'zida bolalar va o'smirlar bilan ishlaydigan murabbiylar uchun 57 ta seminar tashkil qilamiz. Oldin 20 ta ham bo'lmagan. SHuningdek, B kategoriyasini tashkil qildik. Yani bolalar bilan ishlaydigan murabbiylar uchun. Ko'cha futbolini o'ynab, bilimsiz, tajribasiz murabbiy bo'lib yurganlarni ko'rdik. Bu juda qo'rqinchilik holat. Bilimsiz, malakasiz murabbiy shunday ko'rsatmalar beradiki, bola nogiron bo'lib qolishi hech gap emas. Bu ko'zga ko'rinmaydigan eng og'ir ish. Biz hozir bunga jiddiy kirishamiz.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика