So’nggi yangiliklar

22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  0 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  55

Tolibjonov futboldan malum muddatga chetlatildi Yangiliklar

Tolibjonov futboldan malum muddatga chetlatildi

Bugun, 26 sentyabr kuni O'FFda Hakamlar va nazoratchilar qo'mitasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Unda Oliy Liga 22-turi doirasidagi “SHo'rtan” (G'uzor) – “Navbahor” (Namangan) uchrashuvini boshqarib, yakunda ishi nazoratchi Alisher Abdullaev tomonidan qoniqarsiz (4,0) ballga baholangan Olim Tolibjonovning hakamligi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilindi.  

Olim Tolibjonovning “SHo'rtan” – “Navbahor” (3:3) o'yinidagi hakamligi federaciyaning hakamlar va nazoratchilar ilmiy-uslubiy taminoti bo'limi tomonidan ko'rib chiqildi. Bo'lim boshlig'i Arslon Xatamov bosh hakam Olim Tolibjonovning  ishini “qoniqarsiz” deb baholadi. SHu asosda, Hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi”ga binoan Olim Tolibjonovni O'zbekiston CHempionati, Birinchiligi va O'zbekiston Kubogi o'yinlari doirasidagi 10 ta o'yinga chetlatdi. Bundan tashqari, uning xizmat haqi 75 foizga kamaytirildi.

SHu bilan bir vaqtda, “SHo'rtan” – “Navbahor” bellashuvidagi referi yordamchisi Aleksandr Burovning bahosini ko'tarib qo'yganligi uchun nazoratchi hakam Alisher Abdullaev qo'mita qaroriga ko'ra O'zbekiston CHempionati, Birinchiligi va O'zbekiston Kubogi uchrashuvlari doirasidagi 4 ta o'yindan chetlatildi. Abdullaevning xizmat haqi 75 foizga kamaytirildi.

Eslatib o'tamiz, Oliy Liga 21-turi doirasidagi “Buxoro” – “Dinamo” uchrashuvini boshqargan Rustam Bobomurodov qo'pol xatolarga yo'l qo'ygani tufayli umrbod hakamlikdan chetlatilgan edi.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика