So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Timur Kapadze: "Abramov kelgach hujumkor o'ynay boshladik" (matbuot anjumani) Yangiliklar

Timur Kapadze: "Abramov kelgach hujumkor o'ynay boshladik" (matbuot anjumani)

JCH-2022 saralashi doirasidagi Singapur - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida O'zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi Timur Kapadze va darvozabon Abdumavlon Abdujalilov ishtirok etdi.

- Oldingi murabbiy ketgach jamoa o'yinida nimalar o'zgardi?
- Singapur davlatiga mehmondo'stlik uchun rahmat aytamiz. Ajoyib mamlakatda ekanligimizdan xursandmiz. Savolga keladigan bo'lsak futbolchilar hujumkor o'ynashni istashgandi, murabbiy o'zgarganidan keyin ancha hujumkor taktikada o'ynay boshladik. Biz ayni paytda o'zbekistonlik muxlislar va mutaxassislar xohlagan o'yinni namoyish etayapmiz", - dedi Timur Kapadze.

- Singapur terma jamoasi haqida nima deya olasiz?

- Biz barcha raqibni hurmat qilamiz. Singapur ham shular qatorida. Bo'lajak raqibimiz so'nggi paytlarda yaxshi natijalar qayd etmoqda. O'z o'yinimizni yani hujumkor tarzda o'ynashga intilamiz. Singapur safida hujumda tezkor futbolchilar bor, bundan tashqari aqlli murabbiyga ega.

- Ertaga butun o'yin davomida tashabbusga egalik qilib, hujumda o'ynamoqchimisizlar?

- Zamonaviy futbolda butun o'yin davomida hujumda o'ynab bo'lmaydi, ammo imkon qadar ko'proq hujumda harakat qilishga intilamiz.

- Avvalgi murabbiy va hozirgi murabbiy o'yin uslubida qanday farq bor?
Abdumavlon Abdujalilov:
- Biz ancha erkin o'ynashni boshladik. Kuper vaqtida men terma jamoaga chaqirilmaganman. Abramov bilan "Bunyodkor" klubida ham birga ishlayman. Uni yaxshi bilaman va ko'proq urg'uni hujumga qaratishni boshladik.



O'FA matbuot xizmati yordamida tayyorlandi

foto: Singapur FA

Reyting: +82   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика